28 iyun kuni BMT Xavfsizlik kengashi Kremenchugdagi «Amstor» savdo markazi o‘qqa tutilishini muhokama qilish uchun shoshilinch yig‘ilish chaqirdi - bu hujum oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Yig‘ilishda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy chiqish qilib, Rossiyani terrorizmga homiylik qiluvchi davlat sifatida tan olishga chaqirdi. Xuddi shu vaqtda Turkiya NATO sammitida Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatladi, Bolgariya esa 70 nafar rossiyalik diplomatlar chiqarib yuborilishini e’lon qildi. AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etdi. Bu cheklovlar yana 57 kishi (jumladan Tina Kandelaki) va 100 dan ortiq kompaniyani (jumladan «Kamaz») qamrab oladi. 

Chapdan o‘ngga (orqa qatordan boshlab): NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an, Finlandiya prezidenti Sauli Niinisto, Shvetsiya bosh vaziri Magdalena Andersson, Turkiya TIV rahbari Mavlud Chovusho‘g‘li, finnlar TIV rahbari Pekka Haavisto va shvedlar TIV rahbari Ann Linde Turkiya Finlandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lishiga rozilik bildirgan memorandumni imzolamoqda. Foto: AP Photo/Bernat Armangue

Quyida 28 iyun kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Odessa

Leszek Szymanski / EPA / Scanpix / LETA

Odessa yaqinida ukrain armiyasining dala lageri. Rossiya bosqini boshlanganidan buyon shaharning o‘zida va uning atrofidagi hududlarda harbiy harakatlar olib borilmagan, ammo hudud doimiy ravishda raketa zarbalariga uchramoqda. 

Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

«Amstor» savdo markazidagi supermarketning yonib ketgan tokchalari, 27 iyun kuni bu yerga rossiyaliklarning X-22 qanotli raketasi kelib tushdi. Rossiya tomoni bayonotida aksi aytilayotganiga qaramay, hujum vaqtida savdo markazi ishlab turgan va odamlar gavjum bo‘lgan. Kamida 20 kishi halok bo‘ldi, yana 40 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.