Madridda Şimoliy Atlantika şartnomasi taşkilotining boş kotib Yyens Stoltenberg tomonidan «tarixiy va özgarişlarga boy» deb atalgan sammiti boşlandi. Bu haqda u 29 iyun, çorşanba kuni sammit boşlanişidan oldin aytib ötdi, deb xabar beradi DW.

Çorşanba kuni Şimoliy Atlantika kengaşining davlat va hukumat rahbarlari darajasidagi birinçi işçi yiğilişi bölib ötadi. Unda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy video-aloqa orqali çiqiş qiladi. U munozarada qatnaşmaydi. Alyans Ukraina qurolli kuçlariga NATO standartidagi qurollarga ötişda yordam beradigan yangi yordam paketini ma’qullaşi kutilmoqda. 

«Bu özgarişlarga boy sammit böladi, çunki biz tarixiy qarorlar qabul qilamiz. Ittifoqimiz uçun yangi strategik qaraşlar böyiça kelişib olamiz, ya’ni NATO yanada raqobatbardoş va xavfli dunyoda kelajakka qanday harakat qilişi, a’zo davlatlar va qariyb bir milliard fuqaroni qanday himoyaga olişi körib çiqiladi», dedi Stoltenberg. U konsepsiyada Rossiya NATO xavfsizligiga «eng jiddiy va bevosita tahdid» sifatida tan olinişini kutmoqda. Şuningdek, alyans Xitoyga qanday munosabatda bölişi ham aniqlaştiriladi.

Sammitda xavfsizlik va tiyib turiş jarayonini kuçaytiriş böyiça rejalar ma’qullanişi kutilmoqda. Bu, birinçi navbatda, NATOning şarqiy qanotiga tegişli bölib, u yerda alyansning qöşimça kuçlari joylaştiriladi.

«Şuningdek, yetakçilar Finlandiya va Şvetsiyani NATO a’zoligiga taklif qiliş böyiça tarixiy qaror qabul qiladi », - dedi Stoltenberg. Bu seşanba kuni keçqurun uşbu ikki davlatning alyans boş kotibi vositaçiligida Turkiya bilan erişgan kelişuvi tufayli amalga oşadi.