Turkiya Şvetsiya va Finlandiyadan Anqara terrorçilar deb hisoblaydigan odamlarni ekstraditsiya qilişni takroran söraydi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Bakir Bözdoğ ma’lum qildi.
"Yangi kelişuvga muvofiq, Finlandiyadan Kurdiston işçi partiyasining olti a’zosi va Fetö taşkilotining olti a’zosi, Şvetsiyadan esa Fetö taşkilotining ön a’zosi va Kurdiston işçi partiyasining ön bir a’zosi ekstraditsiya qilinişini söraymiz", - dedi Bözdoğ.
May oyida, Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga kirişi böyiça muzokaralar fonida bu mamlakatlar 33 kişining Turkiyaga ekstraditsiya qilinişiga ruxsat bermagandi. Ular 19ta sörovni rad etgan, beştasini javobsiz qoldirgan, töqqizta sörov körib çiqiş jarayonida bölgan, deb yozgandi Reuters.
Anqara bu mamlakatlarni kurd ayirmaçi guruhlarini qöllab-quvvatlaşda ayblagan hamda ularning NATOga a’zo bölişiga yöl qöymasligini bildirgandi.
28 iyun kuni Madridda Turkiya, Şvetsiya va Finlandiya Anqaraning xavotirlari hisobga olingan holda xavfsizlik sohasidagi memorandumni imzoladi. Turkiya öz navbatida, Şvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bölişiga nisbatan e’tirozidan voz keçdi.












