Bugun, 30 iyun kuni soat 00:30 da Toşkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasining Tezkor boşqaruv markaziga beş nafar fuqaro Böstonliq tumanidagi toğlarda yöldan adaşib qolib, pastga tuşib olişda yordam sörab murojaat qilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, kelib tuşgan murojaatga asosan, Beldersoy toğining Qumbelsoy hududida manzilda adaşib qolgan beş nafar fuqarolarni izlab topiş va ularni qutqariş amalga oşirildi.
Qayd etilişiça, Çimyon yonğin-qutqaruv otryadining bir guruh qutqaruvçilari qidiruv-qutqaruv işlariga jalb qilindi.
Qutqaruvçilarning sa’y-harakatlari natijasida yöldan adaşgan beş nafar fuqarolar topilib, soğ-salomat pastga olib tuşilgani aytiladi.












