Buyuk Britaniya Ukrainaga harbiy yordamni sezilarli darajada kengaytirmoqda. 29 iyun, çorşanba kuni keçqurun Londondagi hukumat qöşimça 1 milliard funt sterling (1,2 milliard yevrodan ozroq) taqdim etilişi va şu tariqa, Kiyevga yordam deyarli ikki baravar köpayişini e’lon qildi, deya xabar bermoqda ğarb axborot agentliklari.

Uşbu harakat mamlakatga Rossiya bosqinidan mudofaa holatidan hujum operatsiyalarini kuçaytirişga yordam berişga qaratilgan. Gap havo hujumidan mudofaa tizimlari, uçuvçisiz uçiş apparatlari va radioelektron kuraş uçun uskunalar yetkazib beriş haqida bormoqda.

Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson 30 iyun kuni Madridda bölib ötadigan NATO sammitida moliyalaştiriş hajmini oşiriş haqida ma’lum qilişi rejalaştirilgan. Uning sözlariga köra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin kutgan harbiy muvaffaqiyatlar yöqligi fonida, Rossiyaning Ukrainaga hujumlari «borgan sari vahşiylikka» aylanib bormoqda.

Umuman olganda, Dauning-strit ma’lumotlariga köra, Buyuk Britaniya Ukrainaga 2,3 milliard funt sterling miqdorida harbiy yordam ajratişga va’da bergan.