Gilosning bu kamyob navi Aomori prefekturasidagi tadqiqot markazi tomonidan, sovğa qilinadigan töplam sifatida işlab çiqilgan.
Asahi Shimbun'ning yozişiça, gilos Juno Heart deb hisoblanişi uçun diametri 2,8 santimetrdan ortiq, tarkibidagi qand miqdori esa 20 foiz bölişi kerak. Şundaylar orasidan diametri kamida 3,1 sm bölganlari Juno Heart navining subnavi – Aomori Heartbeat (“Aomori prefekturasining yurak urişi”) deb nomlanadi.

25 iyundagi auksionda ana şu subnavdagi giloslar töplamidan 11 tasi sotuvga qöyildi. Qutilardan birini eng qimmat narx – 600 ming iyenaga sotib olgan kompaniya Nagatsuka Seika uni öziga qaraşli dökonlardan birida qayta sotuvga qöyişini ma’lum qildi.
“Bunday giloslarni boşqa heç qayerdan topa olmaysiz”, dedi kompaniya prezidenti Kyoko Nagatsuka.

Naşrning qöşimça qilişiça, gilosning mazkur noyob navi boşqalaridan yorqin qizil rangi, yarqiroqligi va töyimli mazasi bilan ajralib turadi.












