Isroil boş vaziri Naftali Bennet mamlakat knesseti tarqatib yuborilişi fonida lavozimini tark etişini ma’lum qildi. Bu haqda Jerusalem Post gazetasi xabar berdi.

«Isroil davlatiga xizmat qiliş mening burçim. Özimdan söng farovon, kuçli va xavfsiz mamlakatni qoldiryapman», — dedi siyosatçi. 

Isroil taşqi işlar vaziri va «Yeş Atid» liberal partiyasi yetakçisi Yair Lapid mamlakatning yangi boş vaziri böladi. 

Mamlakatda parlament inqirozi «Yangi önglar» deputatlari Idit Silman va Nir Orbak hukmron koalitsiyadan çiqişini ma’lum qilganidan keyin boşlandi.

20 iyun kuni knessetni tarqatib yuboriş va yangi saylovlar e’lon qiliş töğrisida qaror qabul qilindi. Bu Isroilda 2019 yildan buyon beşinçi marta ötkazilayotgan parlament saylovlari böladi.