
NATOning Madriddagi sammiti iştirokçilari alyans xavfsizligi böyiça 2030 yilga qadar amal qiluvçi yangi strategik konsepsiyani qabul qilişdi, unda Rossiya asosiy tahdid sifatida keltirilgan. NATO davlatlari Kremlning Ukrainaga qarşi tajovuzi xalqaro tinçlik va barqarorlikka putur yetkazganini ma’lum qilişgan, şuningdek tezkor harakatlaniş kuçlari soni oşiriladi. Şu bilan bir vaqtda AQŞ prezidenti Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumiga javoban Yevropadagi Amerika harbiy kontingenti kengaytirilişi haqida rasman e’lon qildi.
Madrid sammiti çoğida NATO Rossiyaga nisbatan rasmiy munosabatini özgartirdi, bu davlat 2010 yildan buyon alyansning «strategik hamkori» sanalgan. Çorşanba kuni qabul qilingan deklaratsiyada şunday deyiladi: «Rossiya Federatsiyasi ittifoqçilar xavfsizligiga, şuningdek Yevroatlantika mintaqasidagi tinçlik va barqarorlikka eng asosiy va bevosita tahdid hisoblanadi».
Hujjatda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi «xalqaro huquqning qöpol ravişda buzilişi» deb atalgan. Alyans Moskvani «butun dunyo böylab milliardlab odamlarga ta’sir körsatayotgan oziq-ovqat va energetika inqirozini qasddan kuçaytiriş»da ayblagan. Ğarb davlatlari Ukraina portlari blokadasida Rossiyani aybdor hisoblaydi, bu tufayli Kiyev öz oziq-ovqat mahsulotlarini jahon bozoriga çiqara olmayapti.
Sammit yakunida ma’qullangan konsepsiya Ukrainaga bundan buyon harbiy va moliyaviy yordam körsatişni davom ettiriş böyiça va’dalarni öz içiga oladi, matnda uşbu davlat NATOning «yaqin hamkori» deb atalgan. Alyans boş kotibi Yyens Stoltenberg blok Ukrainani zarur bölgan vaqtga qadar qöllab-quvvatlaşi va kelgusida Ukraina qurolli kuçlari sovet qurollaridan NATO qurollariga ötişi ta’minlanişini ma’lum qilgan.
Rossiya köp marta NATOning şarqqa qarab kengayişiga, xususan Varşava kelişuvining sobiq iştirokçilari va ötmişda SSSR tarkibida bölgan Boltiqböyi davlatlari alyansga kirişiga qarşi çiqqan. Şuningdek, Kremldagilar Ukrainaga nisbatan harbiy tajovuzni uşbu mamlakatning kelgusida Şimoliy Atlantika alyansiga kirmoqçi bölayotgani bilan oqlamoqçi bölgan.
Deklaratsiyada Ukraina kelgusida alyans a’zosi bölişi mumkinligi borasida heç qanday gap yöq, ammo NATO «Yevroatlantikada tinçlik, barqarorlik va umumiy xavfsizlik maqsadlarini qöllab-quvvatlaş uçun Bosniya va Gersegovina, Gruziya va Ukraina bilan hamkor aloqalarini rivojlantiriş»ni va’da qilgan. «Biz 2008 yilgi Buxarest sammitida qabul qilingan qarorlarimizni hamda Gruziya va Ukrainaga oid keyingi barça qarorlarimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», deyilgan hujjatda.














