Ukraina taşqi işlar vazirligi Suriya bilan diplomatik munosabatlar uzilişini ma’lum qildi, deb xabar berdi RBK.
Uşbu qaror Damaşqning özini özi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan olişiga javoban qabul qilindi.
Ma’lum qilinişiça, Ukraina şuningdek, Suriyaga nisbatan savdo embargosi hamda Suriya yuridik va jismoniy şaxslariga nisbatan sanksiyalar kiritiş jarayonini boşlaydi.
Kiyev Damaşqning qarorini qoraladi va bu nodöstona harakat, Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga nisbatan tajovuz deb baholanişini bildirdi.
Suriya “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olişga qaror qilgani haqida SANA agentligi va Suriya davlat televideniyesi 29 iyun kuni xabar bergandi.
21 fevral kuni Rossiya “DXR” va “LXR” mustaqilligini tan olgandi.













