Vazirlik bayonotida aytilişiça, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu 3 iyul kuni Ukrainaning Lugansk oblasti tarkibidagi Lisiçansk şahri Rossiya armiyasi nazoratiga ötgani haqida Rossiya prezidenti Putinga hisobot bergan.
Bayonotda keltirilişiça, rossiyalik harbiylar Lisiçansk atrofidagi Belogorovka, Novodrujyesk, Maloryazansova va Beloya Gora aholi yaşaş punktlari ustidan töliq nazorat örnatgan. Rossiya Mudofaa vazirligi sönggi bir kun davomida 182 kvadrat kilometr hududni «ozod qilgani» haqida xabar bergan.
Ukraina armiyasi Lisiçansk töliq ruslar nazoratiga ötganini rad etmoqda. Sönggi vaqtlarda Ukraina armiyasi bu hududda nimalar sodir bölayotgani haqida xabar bermay qöydi, çunki strategik muhim bölgan Lisiçanskning boy berilgani Lugansk oblasti qöldan ketganini bildiradi.
Ammo bu Rossiyaning «Donbassni qutqariş operatsiyasi» tugaganidan dalolat bermaydi, çunki Ukraina hamon Donetskdagi ba’zi katta şaharlarni nazorat qilmoqda. Ukraina armiyasi Baxmut va Slovyansk örtasida mudofaa çiziqlari taşkil qilmoqçi.
24 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya 22 fevral kuni özini mustaqil deb e’lon qilgan «Donetsk xalq respublikasi» va «Lugansk xalq respublikasi» mustaqilligini tan olgandi. Keyinroq Rossiya «DXR» va «LXR»ni Donetsk va Lugansk oblastlari çegaralarida tan olişini ma’lum qildi. Çunki 2014 yilgi töqnaşuvlar vaqtida bu ikki oblastning yarmidan kamroq qismigina ruslar qöllayotgan ayirmaçilar tasarrufiga ötgandi.
Rossiya 24 fevralda Ukrainaning barça hududlarida, xususan, Kiyevda ham harbiy harakatlar boşlagandi, rossiyalik harbiylar bir oydan oşiq vaqt mobaynida poytaxtni egallaş uçun urinişlarda muvaffaqiyatsizlikka uçragaç, şimoliy hududlardan çekinişga qaror qildi. Rossiyada «maxsus harbiy amaliyot» deb ataş qabul qilingan uruşning ikkinçi qismida Rossiya asosiy maqsadi «Donbassni qutqariş» ekanini iddao qildi. «Donetskiy ugolnyy basseyn» (Donetsk toşkömir havzasi) nomining qisqartmasi ölaroq Donbass deb ataladigan hududda Ukrainaning 20 dan ortiq şaharlari joylaşgan. Xususan, Donetsk va Lugansk ham.













