Gaz narxining oşişi haqidagi yangiliklar köpçilik iste’molçilarni öylantirib qöymoqda – gazsiz va kamroq moliyaviy xarajat qilib, uyni issiqlik bilan ta’minlaş mumkinmi? Tabiiy resurslar yildan yilga qimmatlaşmoqda, binolarni isitişning tejamkorroq va innovatsion usullariga ötiş vaqti keldi. Issiqlik nasosi nima, u qanday işlaydi va an’anaviy isitiş qozonlaridan afzalligi nimada – quyida tanişamiz.
Issiqlik nasosi nima?
Issiqlik nasosi – atrof-muhit (tuproq, suv yoki havo)dan tarqoq issiqlikni ajratib olib, uni uyingizdagi isitiş konturi (issiq pol)ga ötkazuvçi qurilma. Boşqaça aytganda, konditsioner yoki sovitkiç faoliyatiga öxşaydi, faqat teskari yönalişda işlaydi. Mutlaq qiymat böyiça iste’mol qilinayotgan issiqlik quvvatiga berilayotgan quvvatning nisbati quvvat koeffitsiyenti deb ataladi. Issiqlik nasosi elektr tokida işlaydi, lekin u freon xususiyatlari: yuqori issiqlik siğimi hamda issiqlikni tezda yutiş va beriş qobiliyatini hisobga olgan holda işlangan.

Bir kVt elektr energiyasi, issiqlik nasosi va taşqi havo haroratidan kelib çiqib, örtaça 4 kVt issiqlik beradi. Qiyoslaş uçun – elektr isitiş qozoni 1 kVt elektr energiya sarfida bor-yöği 1 kVt issiqlik beradi, demak, issiqlik nasosida siz bir xil issiqlik miqdori uçun 4 baravar kam pul tölaysiz!
Montajda devorga (yoki uning yoniga) gazli isitiş qozoni örniga issiqlik nasosining ixçamroq içki blokini örnatiş va xuddi öşa isitiş tarmoğiga ulaş kerak böladi. Uyning taşqarisida, uning yonida yoki devorga taşqi blok örnatiladi. Issiqlik nasosi suvni 65 darajagaça isitadi, bu kondensatsiyaviy qozon işçi harorati (57 Sdan past)dan ança yuqori bölib, radiatorli isitiş uçun yetarli, suvda isitiladigan pollarni (T1/T2=40/30Sdaraja) ortiqçasi bilan ta’minlaydi. Qolaversa, issiqlik nasosi avtomatikasi yordamida radiatorlar va isitiş pollarining isitiş konturlarini boşqariş mumkin. Bir neçta radiatorni zamonaviy panelli fankoyllar bilan almaştiriş mumkin – bu orqali xonaning kerakli hududini sozlamali isitiş imkoniyatini qölga kiritibgina qolmay, yoz issiğida salqinlik va qulaylikka ham ega bölasiz. Bunda split-tizimlar kerak bölmaydi. Qulaylik va yoqimli mikroiqlim yil davomida nazorat ostida böladi.

Keyingi yillarda issiqlik nasoslari Ğarbda juda ommalaşmoqda va bizning bozorimizda ham faol işlatiş uçun barça afzalliklarga ega. Sababi nimada?



















