1-2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda sodir bölgan tartibsizliklar oqibatida halok bölgan 18 kişidan 4 nafari harbiy xizmatçilar bölgan. Bu haqda Milliy gvardiya qömondoni, general-mayor Rustam Jörayev ma’lum qildi.
“Vafot etganlar qatorida xizmat burçini bajargan 4 nafar harbiy xizmatçi ham bor”, dedi Jörayev 4 iyul kungi videomurojaatida.
Uning sözlariga köra, yana 14 nafar fuqaro tartibsizliklar sodir bölgan joyda turli jarohatlar olib, vafot etişgan. Şulardan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida bölgani aniqlangan.
“Tergov işlari davom etmoqda. Bu haqda keyinçalik batafsil ma’lumot beriladi”, dedi qömondon.
Rustam Jörayevga köra, tartibsizliklar natijasida 243 nafar fuqaro şifoxonalarga murojaat qilgan. Ularning 149 nafariga birinçi tibbiy yordam körsatilib, muolajalarni uyida davom ettirişiga ruxsat berilgan. Hozirda kasalxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda. Jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor.
Qoraqalpoğiston hududida 3 iyuldan 2 avgustgaça favqulodda holat joriy etilgan. Bu davrda soat 21:00 dan 7:00 gaça komendantlik soati amal qiladi. Komendant Rustam Jörayev favqulodda holat davrida fuqarolarning özini qanday tutişi lozimligi böyiça tuşuntirişlar berdi.
Uning aytişiça, hozirda Qoraqalpoğistonda fuqarolar va transportlar harakati çeklangan, şahar va tumanlarga kirişda fuqarolarning şaxsini tasdiqlovçi hujjati bölişi şart. Şuningdek, ommaviy tadbirlar taqiqlangan.
“Bugundan boşlab, belgilangan vaqt davomida harakatlaniş uçun taşkilotlar, mahalla yiğinlarining sörovi asosida maxsus ruxsatnomalar tarqatilişi yölga qöyildi.
Ruxsatnomalarni beriş vakolati tuman/şahar içki işlar idoralarining boşliqlariga yuklatildi”, dedi Jörayev.
Milliy gvardiya rahbariga köra, favqulodda holat e’lon qilinişi barça hayot faoliyati töxtadi degani emas.
“Ertalab soat 7dan soat 21gaça bölgan vaqt davomida fuqarolar bemalol piyoda va avtoulovda harakatlanişi mumkin. Lekin şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarini yonida olib yuriş tavsiya qilinadi.
Oilalarda ötkaziladigan marosimlar, mahallalarda taşkillaştiriladigan sport musobaqalari, vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar, nuroniylar va yoşlar bilan uçraşuvlar joylardagi mahalla raislari, mahalliy hokimiyat idoralarining sörovi asosida komendant ruxsati bilan soat 21gaça ötkazilişi mumkin.













