AQŞ va Eron delegatsiyalari Qatar poytaxti Dohada bölib ötgan muzokaralarda yadroviy şartnoma böyiça kelişuvga erişa olmadi. Bu haqda AQŞning Eron böyiça maxsus vakili Robert Melli ma’lum qildi. 

"Eron delegatsiyasi şartnomaga qaytiş niyatini bildiradi degan umid bor edi, ammo ular javob bera olişmadi. Bu imkoniyat boy berildi", - dedi Melli. 

U şuningdek, Eron yadro quroli yaratiş uçun zarur bölgan xomaşyoni olişga ança yaqinlaşganini qayd etdi hamda bu AQŞ va uning şeriklarini xavotirga solayotganini aytdi. 

2015 yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Xitoy, Rossiya, AQŞ, Fransiya va Eron yadroviy kelişuv imzolagandi. Kelişuvga köra, Eron yadroviy dasturini çeklaş evaziga unga qarşi kiritilgan sanksiyalar olib taşlanişi lozim edi. 2018 yilda AQŞning öşa paytdagi prezidenti Donald Tramp yadroviy kelişuvdan çiqib ketdi va Eronga qarşi sanksiyalarni tikladi.  

Eron bunga javoban kelişuv doirasidagi majburiyatlarini bosqiçma-bosqiç kamaytirib borişini bildirdi.