Ötgan asrning 60-yillaridan boşlab fuqarolik aviatsiyasi katta qadamlar bilan rivojlana boşladi. 80-yillarda tovuşdan tez uçuvçi passajir samolyotlari paydo böldi. Ammo texnika, tejamkorlik va xavfsizlik bilan boğliq muammolar ularning faoliyatiga nuqta qöydi. Yuqori tezlikdagi parvoz haqidagi orzular sönayotgan bir paytda Amerikaning Boom Technology kompaniyasi tovuşdan tez uçuvçi passajir samolyotlarini qayta tiklaş loyihasini taqdim qildi. Xöş, tovuşdan tez parvoz – fantastik orzu toifasidan çiqib, yaqin kelajakdagi voqelikka aylanadimi? 

Boom Overture tovuşdan tez uçuvçi samolyoti konsepti (boomsupersonic.com) 

Tovuşdan yuqori tezlik nima? 

Har qanday tovuş yer yuzasida 270-400 metr/sekund yoki 980-1470 kilometr/soat tezlikda tarqaladi. Aerodinamikada tezlik körsatkiçi avstriyalik fizik olim Ernst Max (Ernst Mach) şarafiga M harfi bilan belgilangan. Tovuşning tezligi balandlikka qarab özgaruvçan böladi. 1 Max yer yuzasiga yaqin joyda 340 m/sekundga yoki 1224 km/soatga teng böladi. 

Hozirgi vaqtda dunyoda tovuşdan yuqori (>1 Max) tezlikda uçadigan passajir samolyotlari yöq. Ammo har doim ham şunday bölmagan. 

Tovuşdan tez uçadigan aviatsiya 

1950-yillardan tovuşdan tez uçadigan aviatsiya jadal rivojlana boşladi. Konstruktorlar samolyot barqarorligi va boşqarilişi, aerodinamik samaradorlik bilan boğliq muammolarni hal qilişdi. Parvoz tezligining oşişi bilan birga uning balandligi 20 kilometrga yetdi. 1960-yillardan boşlab, tovuşdan tez uçadigan samolyotlar ommaviy işlab çiqarildi. 

Fan yutuqlari birinçi navbatda harbiy sohaga joriy qilindi. Sovetlarning MiG-17 (1949, tezlik M=1) qiruvçi samolyoti, Amerikaning North American F-100 Super Sabre (tezlik M=1,3) qiruvçi samolyoti, Convair B-58 Hustler (1956, tezlik M=2) bombardimonçisi, uzoq parvoz uçun möljallangan Lockheed A-12 (1962, tezlik M=3) razvedka samolyoti şular jumlasidan edi. 

Tovuşdan tez uçuvçi passajir samolyotlari 

Ammo fuqarolik aviatsiyasida bunday bölmadi – köplab texnik va iqtisodiy muammolar tufayli tovuşdan tez uçuvçi samolyotlar ommalaşmadi. Tarixda ulardan atigi 2 ta bölgan: sovetlarning Tu-144 samolyoti va Angliya-Fransiya hamkorligida işlab çiqarilgan Concorde samolyoti.