Yevroning dollarga nisbatan kursi 1,0281 dollarga pasaydi — bu 2002 yil dekabrdan buyon qayd etilgan minimum hisoblanadi, deb yozadi Bloomberg.

Agentlikning yozişiça, kurs investorlarning Yevropa valutasiga nisbatan qiziqişi pasaygani sababli tuşmoqda: ular Yevropa markaziy banki inflatsiyaga qarşi kuraşiş uçun asosiy stavkani kötarişini kutmoqda.

Bundan taşqari, bozor qatnaşçilari Yevrohudud iqtisodiyotida retsessiya boşlanişidan xavfsiramoqda.

2022 yil oxiriga borib yevro qiymati dollar bilan teng bölişi ehtimoli 60 foizni taşkil etadi, deb hisoblamoqda tahlilçilar. Qayd etilişiça, 4 iyul kuni bu ehtimol 46 foiz deb baholangandi. 

Iyun oyida Yevrohududda yillik inflatsiya 8,6 foizga tezlaşdi. Narxlar asosan energiya, mahsulotlar, alkogol va tamaki narxining keskin qimmatlaşi sababli oşmoqda.

Yevropa markaziy banki inflatsiyaga qarşi kuraşiş uçun pul-kredit siyosatini keskinlaştirişga tayyorligi haqida taşkilot prezidenti Kristin Lagard may oyidayoq ma’lum qilgandi. Uning sözlariga köra, aktivlarni sotib oliş dasturi yakunlanişi bilan asosiy stavkalarni oşiriş boşlanadi.