Davlat soliq qömitasi soliq xizmati organlari tomonidan budjetga tuşirilgan tuşumlarni e’lon qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning birinçi yarmida soliq tuşumlari 71 trln sömni taşkil etib, ötgan yilning şu davriga (61,4 trln söm) nisbatan 15,7 foizga ösgan.
“Soliq tölovçilarga soliq yukining pasaytirilişi hisobiga soliq bazasining kengayişi hamda soliq ma’muriyatçiligi takomillaştirilişi, şuningdek tadbirkorlik sub’yektlari iqtisodiy faolligining ortişi soliq organlari nazoratidagi tuşumlar ösişini ta’minladi”, deyiladi DSQ xabarida.
Ösiş sur’ati eng yuqori bölgan hududlar – TOP-5:
1. Toşkent şahri - 43,5 foiz (9,9 trln söm);
2. Farğona viloyati - 39,1 foiz (2 trln söm);
3. Samarqand viloyati - 36,1 foiz (1,9 trln söm);
4. Buxoro viloyati - 35,7 foiz (1,5 trln söm);
5. Surxondaryo viloyati - 34,1 foiz (1,2 trln söm).













