Davlat dumasi deputatlari Ukraina bilan uruş şaroitidagi yakunlovçi yalpi yiğilişda repressiv qonunlarning yangi paketlarini qabul qildi. Muxtasar qilib aytiladigan bölsa, mamlakatda endi istalgan narsa uçun qamoqqa tuşiş mumkin, fuqarolarning bir qator huquqlari olib qöyildi.

Iqtisodiyot harbiy relslarga ötkazilmoqda

Deputatlar hukumatning RF hududidan taşqarida harbiy operatsiyalar olib borilayotganda «iqtisodiyot sohasida maxsus çoralarni joriy etiş» taklifini qöllab-quvvatlaşdi. Mamlakatda mobilizatsion quvvatlar va obektlar qayta işga tuşiriladi, işçilar tungi vaqtda va bayram kunlari ham mehnatga jalb etilişi mumkin.

Bundan taşqari, kompaniyalar armiya ehtiyojlari uçun turli mahsulotlarni yetkaziş böyiça davlat şartnomasi tuzişga majburlanadi. (Mudofaa vazirligi singari) ayrim buyurtmaçilar şartnoma şartlarini u tuzib bölinganidan söng özgartiriş huquqiga ega böladi. Tuşuntiriş xatida aytilişiça, qonun loyihasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi tufayli muhokamaga kiritilgan.

Keçagi öquvçilar — şartnoma asosidagi askarlar

Qonun loyihasiga köra, örta ma’lumot olgan ösmirlar Mudofaa vazirligi, Rossiya Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan darhol (hozirgidek, uç oy xizmatdan söng emas) şartnoma imzolaş huquqiga ega bölişadi.

Davlat dumasining oila, ayollar va bolalar masalalari qömitasi hujjatni tanqid ostiga olgan, biroq u baribir qabul qilingan.

Kuçişlatar tizimlarni tanqid qilganlar qamaladi

Deputatlar Jinoyat kodeksiga özgartirişlarning butun bir «guldasta»sini qabul qilişdi. Unga köra, davlatga xiyonat, duşman tomonga ötiş, sanksiyalarga çaqiruv va ekstremistik ramzlarni namoyiş qiliş uçun belgilangan moddalar yanada qat’iylaştirilgan.

Masalan, Jinoyat kodeksiga «Davlatning xavfsizligiga qarşi qaratilgan faoliyatni amalga oşirişga oçiq çorlaş» deb ataluvçi 280(4)-modda kiritilmoqda