6 iyul kuni AQŞning Janubiy Dakota ştatidagi Su-Fols şaharçasida noyob tabiat hodisasi yuz berdi. Ştatning ayrim joylarida soatiga 140 km tezlikda şamol esganidan söng osmon yaşil tusga kirdi.

Meteorolog Piter Rojyerning sözlariga köra, ba’zan böron vaqtida yoki undan oldin quyoş nuri atmosferada yoyilişi sababli osmon ğayrioddiy tusga kiradi. Buning sababi şundaki, böron vaqtida paydo bölgan yirik suv tomçilari özidan yaşil va kök ranglarni ötkazadi. Natijada, quyoşning sarğiş nurida tovlangan tomçilar yaşil tusga kiradi.

Rojyerning aytişiça, yaşil osmon kuçli döl yoğişidan darak berişi mumkin. Şu kuni qöşni Minnesota ştatidagi Leyk-Uilson şaharçasida kattaligi beysbol töpidek keladigan döl yoğgani ma’lum qilindi.