Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoniga muvofiq Zaynilobiddin Şahobbidinoviç Nizomiddinov Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etildi. 

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, uning iste’fosiga salomatligidagi muammo sabab bölgan.

U boşqa lavozimga ötayotgani aytilgan.

Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018 yil avgustida Prezident administratsiyasiga rahbar etib tayinlangandi. Öşanda Prezident devoni Prezident administratsiyasi sifatida qaytadan taşkil qilingan. U muqaddam Şavkat Mirziyoyevga u boş vazir bölganida yordamçilik qilgan va Özbekiston boş vaziri kotibiyati mudiri lavozimida işlagan.