Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmoğini sotib oliş fikridan qaytganini ma’lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Maskning yuristlari bergan izohda aytilişiça, Twitter tarmoqdagi soxta akkauntlar va spam-botlar haqida yuborilgan “köplab sörovlarga javob bera olmagan yoki javob berişdan boş tortgan”.

Şuningdek, xaridor tomonning da’vosiça, tarmoq yuqori lavozimli rahbarlarini va iqtidorlarni tanlab oluvçi guruhning uçdan birini işdan böşatib yuborgan.

Şu omillar sabab biznesmen 44 mlrd dollarlik xarid böyiça şartlarning bir neçtasi Twitter tomonidan buzilgan deb hisoblamoqda.

Bu yangilik ortidan Twitter aksiyalari 7 foizga arzonladi.

Bunga javoban Twitter direktorlar kengaşi raisi Bret Teylor Ilon Maskni sudga berişini ma’lum qildi.

“Twitter direktorlar kengaşi Mask bilan kelişilgan summa va şartlarda savdoni yakunlamoqçi”, – dedi Teylor.

Kelişuv şartlarida, xaridni amalga oşiriş barbod bölgan taqdirda Mask 1 mlrd söm jarima tölaşi lozimligi belgilangan.