Şri-Lankada namoyişçilar boş vazir Ranil Vikremesingxening qarorgohiga öt qöyişdi, deb xabar berdi Newswire naşri.

"Namoyişçilar boş vazir Ranil Vikremesingxening qarorgohiga bostirib kirişdi va unga öt qöyişdi", — deyiladi xabarda.

Vikremesingxening özi qayerdaligi va qanday holatdaligi haqida ma’lumot berilmagan.

Avvalroq Ranil Vikremesingxe iste’foga çiqişini ma’lum qilgandi.

9 iyul kuni Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan öz lavozimini tark etişni talab qilgan bir guruh namoyişçilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Reuters xabariga köra, minglab namoyişçilar politsiya barrikadalarini buzib ötgan, ularning bir qismi binoga kirgan.

Prezident evakuatsiya qilingan va OAV xabar qilişiça, Şri-Lankani tark etgan bölişi mumkin.