AQŞ prezidenti Jo Bayden şu hafta Yaqin Şarq böylab safarini boşlaydi. Safar arafasida Amerika ma’muriyati rahbari The Washington Post gazetasida maqola e’lon qildi, uni naşr 9 iyul, şanba kuni çop etdi.
Mintaqaning energiya resurslari Rossiyaning Ukrainadagi uruşi «global ta’minotga» ta’sirini yumşatiş uçun juda muhim, dedi Bayden.
Uning sözlariga köra, ma’muriyati Eron yadroviy dasturi, proksiguruhlarning faolligi, Suriyadagi fuqarolar uruşi, Ukrainadagi uruş fonida oziq-ovqat xavfsizligi inqirozi, terrorçilik bölinmalari faoliyati, Iroq, Liviya va Livandagi siyosiy inqiroz bilan boğliq muammolarni, şuningdek, inson huquqlari sohasidagi standartlar böyiça kamçiliklarni tan oladi. «Biz bu muammolarni hal qilişimiz kerak», deb yozadi Amerika rahbari.
Amerika yetakçisiga köra, «mojarolar natijasida parçalaniş örniga diplomatiya va hamkorlik orqali birlaşgan» mintaqada ekstremizm, AQŞga tahdid yoki yangi uruşlar paydo bölişi ehtimoli kamroq.
Jo Bayden 11 sentabr teraktlaridan keyin – mintaqada Amerika jangovar missiyalari bölmaganda, Yaqin Şarqqa taşrif buyurgan birinçi AQŞ prezidenti bölişini ta’kidladi. «Mening maqsadim - pozitsiyaning özgarişsiz qolişi», deya qöşimça qildi u.
Öz navbatida, The New York Times (NYT) Vaşington uçinçi davlatlarni Ukraina yaxşiroq foydalana oladigan, sovet ittifoqida işlab çiqarilgan qurollar qoldiqlarini berişga çaqirayotgani va bu masala Baydenning Yaqin Şarqqa safari kun tartibiga kiritilganini yozadi. U yerda prezident bir paytlar Moskva bilan qurol-yaroğ yetkazib beriş böyiça hamkorlik qilgan arab davlatlari rahbarlari bilan uçraşadi.
AQŞ rasmiylarining tan olişiça, AQŞ va Yevropadagi qurol-yaroğ zaxiralari qaçonlardir tugaydi, Kiyevga yana 54 milliard dollar (53 milliard yevro)lik harbiy va boşqa yordam körsatiş esa yaqin orada kutilmayapti, deb yozadi NYT.
Şu fonda Bayden jamoasi uzoq muddatli strategiya izlamoqda, çunki Yevropada katta keskinlikning avj olişi xavfi kuçaymoqda, Rossiya-Ukraina uruşini muzokaralar yöli bilan hal qiliş istiqbollari esa uzoq, Qöşma Ştatlarda ham, undan taşqarida ham jamoatçilik uruşdan çarçay boşladi, deya qayd etadi naşr.
AQŞ prezidentining Isroil, Iordan daryosining Ğarbiy sohili va Saudiya Arabistoniga taşrifi 13-16 iyul kunlariga möljallangan.












