Fransiya hukumati Rossiya gazi yetkazib berilişi töliq töxtatilişiga tayyorgarlik körmoqda, çunki u bunday ssenariyni eng ehtimoli yuqori holat deb hisoblaydi. Bu haqda Fransiya iqtisodiyot, moliya, sanoat va raqamli suverenitet vaziri Bryuno Le Mer 10 iyul, yakşanba kuni ma’lum qildi. 

«Menimça, Rossiya gazi yetkazib berilişining töliq töxtatilişi juda realdir va biz bunga tayyorgarlik körişimiz kerak. Bu ssenariyni e’tiborsiz qoldiriş mutlaqo mas’uliyatsizlik bölardi», - deya vazirning sözlarini keltirgan Reuters. Le Mer uşbu holatni «eng ehtimoli yuqori ssenariy» deb atadi. 

Hukumat yetkazib berişda uzilişlar yuz bergan taqdirda ustuvor himoyaga ega bölişi kerak bölgan kompaniyalar röyxatini aniqlaş ustida işlamoqda, dedi vazir. «Birinçi mudofaa çiziği» uy xöjaliklari va kompaniyalarning energiya sarfini kamaytiriş bölsa, keyingi bosqiç - yangi infratuzilmani barpo etiş, masalan, suyultirilgan gazni xorijdan yetkazib beriş uçun suzuvçi terminalni quriş, dedi vazir. 

Reuters ma’lumotlariga köra, Rossiyadan yetkazib berilayotgan gaz Fransiya umumiy gazining 17 foizini taşkil qiladi va bu mamlakatni Rossiyadan Yevropaning boşqa davlatlariga qaraganda ança kamroq qaram qiladi. Agentlik mamlakatdagi köplab yadroviy reaktorlar texnik xizmat körsatiş uçun yopilişini qiyinçiliklaridan biri deb atadi, bu yadro energiyasiga qisqargan hajmlarni tezda töldirişiga imkon bermaydi. 

Germaniya elektr tarmoği agentligi (Bundesnetzagentur, BNetzA) ham avvalroq Rossiyadan gaz yetkazib beriş töliq töxtatib qöyilişidan xavotirda ekanini bildirib, mamlakat aholisini energiyani tejaşga çaqirgan edi. BNetzA rahbari Klaus Myuller profilaktik işlar tufayli «Şimoliy oqim» gaz quvuri orqali yetkazib berişning rejalaştirilgan töxtatilişi «siyosiy sabablarga köra uzluksiz texnik xizmat körsatiş»ga aylanişi mumkinligini tan olgandi.
 
Germaniya ehtimoliy energetika inqiroziga tayyorlanmoqda, deya ma’lum qildi Germaniya kansleri Olaf Şols. «Biz taqçillikka tayyor bölişimizga yordam beradigan köplab qarorlar qabul qildik», dedi u. Şols gaz omborlarini töldiriş va gazni tejaş uçun kömirda işlaydigan elektr stansiyalaridan foydalaniş böyiça sa’y-harakatlar haqida ma’lum qildi. «Biz quvurlar, suyultirilgan gaz terminallarini qurmoqdamiz», dedi kansler. 

Bavariya boş vaziri Markus Zyoderning ta’kidlaşiça, agar Germaniya joriy qişda yuz berişi mumkin bölgan, isitiş uçun elektr va gaz taqçilligi oqibatlarini oldini oliş yuzasidan şoşilinç çoralar körmasa, mamlakat iqtisodiyoti «haqiqiy insult»ga duç kelişi mumkin, şundan keyin u tiklanmaydi.