Qayd etilishicha, joriy yil 9 iyuldan 10 iyul kuniga o‘tar kechasi Xatirchi tumani “Yangirabod” MFYda istiqomat qiluvchi  fuqarolarga tegishli bo‘lgan qo‘y-echkilarga chiyabo‘ri tomonidan hujum qilingan.

Mazkur hodisaning kelib chiqish sabablari tuman IIB, tuman veterinariya bo‘limi, tuman SeOM bo‘limi hamda tuman obodonlashtirish bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.  

Bildirilishicha, ayni paytda tuman veterinariya bo‘limi xodimlari tomonidan 15 bosh qo‘y-echkilarga nisbatan davolash ishlari olib borilmoqda. 

Chiyabo‘rini tutish uchun barcha ta’sir choralari ko‘rilgan bo‘lib, mazkur holat yuzasidan tuman IIB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.