Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston sanksiya ostidagi tovarlar uchun tranzit davlatlar ro‘yxatiga kiritildi
AQSh Moliya vazirligi O‘zbekistonni sanksiya qo‘yilgan tovarlar Rossiya va Belarusga olib kirilishi mumkin bo‘lgan davlatlar qatoriga kiritdi.
Foto: Picture Alliance
Ro‘yxat AQSh Moliya vazirligining ikki bo‘limi – Moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurash tarmog‘i (FinCEN) va Sanoat va xavfsizlik byurosi (BIS) tavsiyalari asosida e’lon qilingan.
Idoralar moliya institutlarini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan joriy qilingan eksport nazoratidan «jismoniy yoki yuridik shaxslarning qochishga urinishlariga qarshi hushyor turishga» chaqirdi.
O‘zbekistondan tashqari, Gruziya, Armaniston, Braziliya, Xitoy, Hindiston, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Meksika, Nikaragua, Serbiya, Singapur, Janubiy Afrika, Tayvan, Tojikiston, Turkiya va BAA davlatlari ham sanksiya qo‘yilgan tovarlarni tranzit qilib o‘tkazishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Qayd etilishicha, nazorat qilinadigan tovarlarni mazkur ro‘yxatdagi davlatlarga qonuniy ravishda xomashyo sifatida eksport qilish mumkin, biroq ularni keyinchalik Rossiya Federatsiyasi yoki Belarusga «qo‘shimcha yuk tashish punktlari hisobidan» eksport qilish ayrim hollarda taqiqlanadi.
BIS harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan alohida «tashvishga sabab bo‘luvchi» tovarlar sanab o‘tgan: samolyotlar uchun ehtiyot qismlari, gidroakustika tizimlari, antennalar, spektrofotometrlar, sinov uskunalari, GPS tizimlari, vakuum nasoslari va neft konlarida foydalaniladigan uskunalar.
Avvalroq AQSh Rossiya Federatsiyasi harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlagan O‘zbekiston kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar joriy etgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
22:18 / 25.04.2026
Qirg‘izistonning ikkita banki Yevroittifoq sanksiyasiga uchradi
12:16 / 24.04.2026