Norma’ning yozişiça, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oşiriş böyiça agrotexnik tadbirlar uçun 13 ta tumandagi yerdan foydalanuvçilarga har bir gektar maydonga 1 mln söm subsidiya beriladi. Uni oliş uçun yerdan foydalanuvçilar qişloq xöjaligi bölinmasiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali 2022 yil 25 iyulga qadar ariza bilan murojaat qilişlari kerak.
Qişloq xöjaligi bölinmasi arizalarga asosan 2022 yil 1 avgustga qadar yerdan foydalanuvçilar nomi, manzili, paxta maydoni töğrisidagi ma’lumotlarni öz içiga olgan röyxatni hududiy hokimliklarga taqdim etadi. Hokimliklar 2022 yil 5 avgustga qadar yerdan foydalanuvçilar röyxatini tasdiqlaydi. Qişloq xöjaligi bölinmasi 2022 yil 10 avgustga qadar yerdan foydalanuvçilarni ularning röyxatga kiritilganligi yoki röyxatga kiritiş rad etilganligi töğrisida xabardor qiladi.
Röyxatga kiritilgan yerdan foydalanuvçi 2022 yil 5 sentabrga qadar “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratiş böyiça ariza bilan Qişloq xöjaligi vazirligiga murojaat qiladi. Qişloq xöjaligi vazirligi röyxatni umumlaştiradi va ularni 2022 yil 20 sentabrga qadar Moliya vazirligi va Davlat statistika qömitasiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi röyxatga muvofiq subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2022 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi taqsimotga köra taşkilotlarning hisobvaraqlariga ötkazib beradi: 60 foizini – yerdan foydalanuvçilarga; 6 foizini – Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga; 4 foizini – Tuproqşunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga.
Davlat statistika qömitasi 2023 yil 25 noyabrga qadar yerdan foydalanuvçilar 2023 yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda ma’lumot tayyorlaydi va Moliya vazirligiga taqdim etadi. Moliya vazirligi uşbu ma’lumotga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 15 foiz yoki undan köp miqdorda oşganda, subsidiya qolgan 30 foizini 2023 yil 20 dekabrga qadar yerdan foydalanuvçilar hisobvarağiga ötkazib beradi.
Vaqtinçalik nizom 2024 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.












