Xarkovning kunduzi öqqa tutilişi natijasida kamida uç kişi halok böldi, yana 31 kişi, jumladan 16 va 4 yoşli bolalar yaralandi. Bu haqda 11 iyul, duşanba kuni Telegram-kanalida Xarkiv viloyati harbiy ma’muriyati boşliği Oleg Sinegubov ma’lum qildi. U viloyat şoşilinç tibbiy yordam markazining yangilangan ma’lumotlariga tayangan.
Barça jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan.
Sinegubovning sözlariga köra, zarbalar rossiyalik harbiylar tomonidan, taxminan yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari (YaÖRT) yordamida amalga oşirilgan.
Voqea joyidan olingan videotasvirlarda şahardan qora tutun kötarilayotganini köriş mumkin.
«Xarkiv va oblast aholisi, zarurat bölmaganda köçaga çiqmang! Hozir bu juda xavfli», - deya ogohlantirdi Oleg Sinegubov.
9 iyul kuni ISW uruşni örganiş böyiça Amerika instituti Rossiya Federatsiyasi Xarkiv oblastini Donbass va Ukraina janubidagi bosib olingan hududlarga qöşib olişni xohlayotgani haqida fikr bildirgandi.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20 iyun kuni Xalqaro siyosiy tadqiqotlar institutining global siyosat forumi oçilişida sözlagan nutqida şunday degandi: «Biz uni, bu mintaqani ozod qildik. Ular esa (Rossiya harbiylari) yana qon tökilişini xohlayapti, biz buni köryapmiz. U yerda bir yarim million aholi bor».
«Mikolaiv doimiy ravişda bombardimon qilinmoqda, u yerda deyarli yarim million aholi bor. Ular Slovyanskni egallab, butunlay vayron qilmoqçi edi, uruşgaça u yerda 100 ming aholi bölgan», - deya ta’kidladi Zelenskiy.













