Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, xodisa 2022 yil 2 iyul kuni soat 15:30lar atrofida Xatirçi tumani hududidan ötgan 4R-56 avtomobil yölida sodir bölgan. Xatirçi tumanida yaşovçi, 1997 yilda tuğilgan fuqaro Lasetti maşinasini “Langar-Xatirçi” yönalişida boşqarib borayotib, tezlikni oşirişi natijasida boşqaruvni yöqotgan. Maşina yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan hamda ağdarilgan.

YTH oqibatida maşinada bölgan ikki nafar yölovçi qiz oğir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan, yana bir nafar yölovçi esa tuman markaziy şifoxonasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.