Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyul holatiga respublikada jami 51 708 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Yillar kesimida yangi korxona va tashkilotlar soni quyidagicha:

  • 2017 yil yanvar-iyun oylari – 25 009 ta;
  • 2018 yil yanvar-iyun oylari – 29 385 ta;
  • 2019 yil yanvar-iyun oylari – 56 127 ta;
  • 2020 yil yanvar-iyun oylari – 47 640 ta;
  • 2021 yil yanvar-iyun oylari – 54 693 ta;
  • 2022 yil yanvar-iyun oylari – 51 708 ta.

Bundan oldin O‘zbekistonda ayollar boshqaruvidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni ma’lum qilingandi.