«Eron hukumati Rossiyaga tezlaştirilgan muddatda bir neça yuzta uçuvçisiz uçiş qurilmalari, jumladan qurol olib yurişga möljallangan apparatlarni ham yetkazib berişni rejalaştirmoqda. Bizning ma’lumotlarga köra, Eron rossiyalik harbiylarni bunday dronlardan foydalanişga ham öqitişga tayyor», deya xabar bergan Sallivan jurnalistlarga.

Sallivanning sözlariga köra, bu yana bir bor Rossiya öz armiyasini qurollantirişda katta qiyinçiliklarga uçrayotganini körsatadi.

Sönggi ikki hafta mobaynida Ukraina qurolli kuçlari Rossiya qöşinlarining öndan ortiq qurol-yaroğ omborxonalarini yöq qilgan. Ukraina qömondonligi ma’lumotiga köra, yakşanba kuni Xerson oblastidagi Nova Kaxovka şahridagi harbiy bazaga berilgan zarba oqibatida 150 nafargaça rossiyalik harbiy halok bölgan, ular orasida bir general, ikki polkovnik va ikki podpolkovnik bor, zarba Amerika tomonidan yetkazib berilgan HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi orqali yöllangan.

Seşanba kuniga ötar keçasi Nova Kaxovkaga navbatdagi zarba berildi.

Rossiya naşrlari raketa zarbasi oqibatida öğit saqlanadigan ombor yonib ketganini yozişgan, Nova Kaxovkaning rossiyaliklar tomonidan tayinlangan «harbiy-fuqarolik ma’muriyati» rahbari Vladimir Leontev zarbalar fuqarolik obektlari - gumanitar yuklar saqlanuvçi omborxona hamda bozorga berilganini aytgan.

Eron 2012 yil oxirlaridan boşlab dronlarni ommaviy işlab çiqarişni yölga qöygan. Xabarlarga köra, namuna sifatida amerikaliklardan öğirlangan RQ-170 Sentinel apparatlari modelidan foydalanilgan. Keyin esa bunday dronlar Yaqin Şarqdagi Islom Respublikasi tomonidan qöllab-quvvatlanadigan jangari guruhlarga berilgan.

Xususan, Sallivanning sözlariga köra, bunday dronlardan yetti yildan buyon Yamanda mahalliy hukumat va Saudiya Arabistoni boşçiligidagi koalitsiyaga qarşi kuraşib kelayotgan husiyçilar tomonidan qöllanadi. Köplar bu mojaroni Tehron va Ar-Riyod örtasidagi proksi-uruş deb biladi.

2022 yil fevralida BMT Xavfsizlik kengaşi husiyçilar otryadlariga qurol yetkazib berişni taqiqlovçi rezolyutsiyani ma’qullagandi.

Taxminlarga köra, dronlardan Fors körfazidagi tijoriy kemalarga qilingan hujumlar vaqtida ham foydalanilgan, bu hujumlar ortida esa Eronning özi turgan.

Şu yil iyunida AQŞ Kongressiga kiritilgan qonun loyihasiga köra, dronlar Eronga sotilişi taqiqlangan qurollar röyxatidan joy olgandi. Bunday yetkazmalarga aloqador bölgan jismoniy va yuridik şaxslar esa Amerika sanksiyalariga