Nyu-York şahar favqulodda vaziyatlar departamenti 11 iyul, duşanba kuni yadroviy zarba bölgan taqdirda körsatmalar yozilgan videoni e’lon qildi.

«Demak, yadroviy hujum sodir böldi. Mendan nima uçun va qanday qilib sodir bölganini söramang, şunçaki bilingki, «katta bomba» urildi», deb videokörsatmani boşlagan boşlovçi. U bunday vaziyat yuzaga kelganda uçta birinçi qadamni keltirib ötgan: köçadan binoga kiriş va derazadan uzoqroqqa joylaşiş, iloji bölsa, yertölaga yaşiriniş, agar u bölmasa - imkon qadar bino markaziga yaqinroq turiş va ommaviy axborot vositalaridagi voqealarni kuzatib boriş.

Agar portlaş payti odam köçada bölsa va omon qola olgan bölsa, u radioaktiv çangdan qutuliş uçun darhol yuvinişi kerak, deb tuşuntiradi boşlovçi. Hukumat ruxsat bermagunça aholiga köçaga çiqmaslik tavsiya etiladi. 

Ehtimoliy yadroviy zarba yoki yadro uruşining boşlanişi haqidagi gap-sözlar butun dunyo böylab Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişidan keyin boşlandi. Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin gipertovuşli va yadroviy qurollarni öz içiga olgan Rossiya tiyib turuvçi kuçlarini «maxsus ogohlantiriş rejimi»ga ötkazişni buyurganidan keyin yanada kuçaydi. 

NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg Putinning buyruğini «xavfli ritorika» va mas’uliyatsiz xatti-harakat deb atadi. «Bir paytlar aqlga siğmaydigan holat - yadroviy mojaro istiqboli endi yana röy berişi mumkin», — dedi BMT boş kotibi Antoniu Guterriş. 

Kelgusi ön yillikda dunyo yadroviy qurollaniş poygasining yangi bosqiçini kutmoqda, deya ogohlantirdi Stokholm xalqaro tinçlik tadqiqot instituti (SIPRI) ekspertlari yillik hisobotida. Mutaxassislarning fikriça, yadro quroliga ega bölgan yoki unga ega bölgan 9 davlatning barçasi - Rossiya, AQŞ, Xitoy, Fransiya, Buyuk Britaniya, Pokiston, Hindiston, Isroil va Şimoliy Koreya öz arsenalini faol ravişda modernizatsiya qila boşladi.