Rossiyaning «Yandeks» qidiruv tizimi tadbirkor Yevgeniy Prigojin bilan boğliq sörovlar uçun natijalar çiqarib berişni çekladi. 11 iyul, duşanba kuni Telegram’dagi «Mojyem ob’yasnit» kanali bunga e’tibor qaratdi. Unga köra, Prigojin özi haqidagi ayrim materiallarni qidiruv tizimlaridan olib taşlaş imkonini beruvçi «unutiş huquqi»dan foydalangan.
Jurnalistlarning sözlariga köra, «Yandeks», xususan, «Prigojin», «Yevgeniy Prigojin», «Prigojin trollar fabrikasi», «Prigojin Vagner XHK» sörovlari va bir qator şunga öxşaş sözlar uçun natijalarni çiqarişni çeklab qöydi, bu esa 2016 yil boşidan kuçga kirgan internetdagi «unutiş huquqi» töğrisidagi qonun asosida amalga oşirilganligini körsatadi.
Prigojin haqidagi bir qator materiallarga havolalar ham qidiruv natijalaridan yöqolgan, jumladan, uning yoşligidagi sudlanganligi va Rossiyaning xususiy harbiy kompaniyasi bilan aloqasi haqidagi suriştiruvlar ğoyib böldi. Ammo birinçi sahifada qidiruv tizimi uning nazorati ostida bölgan ommaviy axborot vositalari - «Nevskiye novosti» va RIA «FAN»da biznesmen bilan suhbatlarni körsatyapti. «Mojyem ob’yasnit» kanalining jami neçta havola olib taşlanganligi haqidagi savoliga «Yandeks» vakillari javob bermadi.
2016 yilda Rossiya Federatsiyasi prezidentiga yaqinligi uçun «Putinning oşpazi» deb atalgan Prigojin «unutiş huquqi» töğrisidagi qonunga köra, sud orqali «Yandeks», Google va Mail.ru saytlaridan ayrim ma’lumotlarni olib taşlaşni talab qildi. Xususan, u qidiruv natijalaridan Olginodagi «trollar fabrikasi» va öziga aloqador kompaniyalar tomonidan olingan Mudofaa vazirligi obektlarini saqlaş böyiça davlat şartnomalari haqidagi xabarlarni olib taşlamoqçi bölgan. Keyinçalik tadbirkor «Yandeks» va Mail.ru’ga qarşi da’volaridan voz keçdi, Google’ga qarşi da’vo esa sud tomonidan körib çiqiş uçun qabul qilinmadi.
Yevgeniy Prigojin bir vaqtning özida AQŞ va Yevropa ittifoqining bir neçta sanksiyalar röyxatiga kiritilgan. Unga Yevropa ittifoqida aktivlari bölişi taqiqlangan.
2019 yil sentabrida AQŞ Moliya vazirligi, Vaşington ma’lumotlariga köra, Prigojin bilan aloqador bölgan va 2016 yilgi AQŞ saylovlari natijalariga ta’sir ötkazişga uringan törtta kompaniya va yetti nafar şaxsga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan.












