RTQ boş tergov boşqarmasi Moskvadagi Krasnoselskiy munitsipal okrugi deputati Ilya Yaşinga nisbatan Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar» (Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi) böyiça jinoiy iş qözğatdi. Bu haqda advokat Vadim Proxorov 12 iyul, seşanba kuni Facebook’da yozdi.
«Hozir tergovçi menga qönğiroq qildi - uning uyida tintuv boşlanyapti. Men öşa joyga boraman», - dedi himoyaçi.
Keyinroq Proxorov Facebook’dagi postini yangilab, tintuv yakuniga köra faqat «eski Nokia telefoni» musodara qilinganini qöşimça qildi: «Boşqa heç narsa topilmadi». Advokatning «Interfaks»ga ma’lum qilişiça, tintuvdan söng Yaşin Rossiya Qurolli kuçlaridan foydalaniş töğrisida yolğon ma’lumot tarqatiş haqidagi moddani buzganlikda ayblanib, Tergov qömitasiga söroqqa olib ketilgan. Sababi - «7 aprel kuni u özining yutub-kanalida Buçada sodir bölgan voqealar haqida jonli efirda gapirgan». Uşbu moddadagi jazo 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qilişni nazarda tutadi.
Siyosatçiga 13 iyul kuni ayblov e’lon qilinadi, deya ta’kidlaydi inson huquqlari böyiça «OVD-Info» loyihasi advokat Mixail Biryukovga tayanib. Unga köra, kunning ikkinçi yarmida Basmanniy sudida ehtiyot çorasini tanlaş böyiça yiğiliş ötkaziladi.
Ilya Yaşin 28 iyun kuni politsiyaga böysunmaslik moddasi böyiça hibsga olingan, u 15 kunga qamalgan. Bu muddat 13 iyulga ötar keçasi, u tergov izolyatorini tark etişi kerak bölgan vaqtda tugaydi.

















