Jyessika Redkliff ismli murabbiyning tomoşabinlar köz öngida kosatka tomonidan öldirilişi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga sabab böldi.
Rolik tezda TikTok va boşqa ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi, biroq bir neça kundan söng bu ğirt feyk ekani ma’lum böldi.
Aslida heç bir rasmiy manbada bunday ismli qiz haqida ma’lumot yöq, yangiliklar arxivida ham fojia haqida xabar topilmaydi. Mutaxassislarning aniqlaşiça, «şov-şuv» sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan: rolikda sun’iy intellekt ovozlari va eski kadrlar işlatilgan bölib, ular haqiqiy voqeaga öxşatib montaj qilingan.
Videoda hodisa Pacific Blue Marine Park akvariumida sodir bölgani aytilgan. Bundan taşqari, «dramatik» tafsilot ham qöşilgan - göyo kosatkani hayz qoni hidi öziga jalb qilgan. Mutaxassislarning sözlariga köra, bunday tafsilotlar köpinça tomoşabinlarning hissiy reaksiyasini kuçaytiriş uçun soxta hikoyalarga qöşiladi.
Feyk lavha ijodkorlari ikkita haqiqiy fojiadan ilhomlangan bölişi mumkin. 2009 yilda murabbiy Aleksis Martines Kanar orollaridagi Loro boğida kosatka hujumidan keyin halok bölgan edi. 2010 yilda SeaWorld Orlando akvariumi murabbiyi Doun Branço boşqa bir kosatka tomonidan suv ostiga tortib ketilgandi. Bu hodisa «Qora suzgiç» hujjatli filmi uçun asos böldi.












