Maktab faoliyati YuNeSKO, Yodgorliklar va diqqatga sazovor joylarni muhofaza qiliş xalqaro kengaşi, Madaniy boyliklarni asraş va restavratsiya qiliş xalqaro tadqiqot markazi, Özbekistonda madaniy meros masalalari böyiça taşkil qilingan Xalqaro maslahat qömitasi, agentlik, şu jumladan uning Ilmiy-ekspert kengaşi, «Ipak yöli» turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Toşkent arxitektura-quriliş instituti, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomçilik va dizayn instituti, Samarqand arxitektura-quriliş instituti hamda boşqa jismoniy va yuridik şaxslar bilan hamkorlikda taşkil etiladi.
Maktabning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– tegişli mutaxassislar uçun malaka oşiriş kurslarini taşkil qiliş va bu kurslarga mahalliy hamda çet ellik mutaxassislarni jalb etiş böyiça taklif beriş;
– «ustoz-şogird» an’analarini rivojlantiriş va ilmiy tadqiqotlarni olib boriş, şuningdek, sohaga yangi usul, material va texnologiyalar, xorijiy davlatlarning ilğor tajribalarini tatbiq etiş böyiça ilmiy-amaliy asoslangan takliflar tayyorlaş;
– malaka oşiriş kurslarining tinglovçilarida amaliy könikmalarni rivojlantiriş hamda ular iştirokida moddiy madaniy meros obektlarida asraşga doir işlarni amalga oşirişni taşkil qilişda kömaklaşiş;
– asraşga doir işlar sohasida mahalliy va çet ellik ekspertlar iştirokida ilmiy-amaliy seminarlar, anjuman va boşqa tadbirlar taşkil etiş, şuningdek, uslubiy qöllanmalar işlab çiqiş va eng yaxşi tajribalarni ommalaştirişda iştirok etiş.
Ma’lumot uçun, ötgan yili Madaniy meros obektlari restavratsiyasi direksiyasi va uning Xiva, Samarqand, Buxoro, Termiz, Şahrisabz va Qöqon şahar mintaqaviy markazlariga asos solingan edi. Xiva restavratsiya maktabi direksiyaning Xiva şahar mintaqaviy markazida taşkil etiladi.












