“Zakovat”ning yozgi mavsumini Bobur Yoqubov jamoasi boşlab berdi
|23:34 / 14.07.202222 65615 min
Özbek xonadonlarida devorlarga nega gilam osib qöyilgan? Italiya toğli hududlarida qöy boquvçi çöponlar nima uçun özlari bilan xaçirlar olib yurgan? – “Zakovat” teleöyini yozgi mavsumining ilk öyinidan reportaj
Foto: ZakovatFoto: Zakovat
Jamoa a’zolari (çapdan öngga):
Nodirbek Qosimov - muhandis-texnolog;
Asror Norqulov - moliyaçi;
Bobur Yoqubov - sud-tibbiy eksperti (jamoa sardori);
Nurbek Yöldoşev - falsafa doktori;
Rustam Jabborov - jurnalist;
Uluğbek Qulmurodov - Davlat statistika qömitasi xodimi.
Tajribali bilimdonlarni özida jamlagan Bobur Yoqubov jamoasi bir neça mavsumlik tanaffusdan söng öyinlarga qaytdi. Bobur Yoqubov, Rustam Jabborov kabi yorqin nomlar iştirokidagi öyinni muxlislar ham soğingan.
Yoşi katta bilimdonlar töplanganidanmi yoki boşqa sababmi, jamoa öyinni oğir boşladi.
1-raundda AQŞ prezidentlari haqida blits savollar tuşdi. Birinçi savoldan osonlik bilan ötgan jamoa ikkinçi savolda qiynaldi. Natijada öyin hisobi muxlislar foydasiga oçildi – 0:1.
2-raundda avtomobil sanoati qirollaridan biri Genri Ford haqida savol öynaldi. Muhokama davomida turli variantlar örtaga taşlangan bölişiga qaramay, jamoa töğri javobga yetib bora olmadi va bu raund ham muxlislar foydasiga hal böldi. Hisob – 0:2.
3-raund savoli qadimgi misrlik askarlarning toşotar quroli haqida böldi. Afsuski, jamoaning kutilgan oçkoni olişi bu raundda ham röy bermadi. Öta qiziqarli savol muxlislar jamoasiga uçinçi oçkoni keltirdi. Hisob yirik körinişga keldi – 0:3.
4-raundda Doğiston tarixida turli qabila va uruğlar orasida qonli uruş vujudga keliş xavfi paydo bölganda, bunday uruşlarning ayol kişi tomonidan bostirilgani haqida ajoyib savol öynaldi. Savoldagi ma’lumot jamoaga taniş bölib çiqdi va savolga muddatidan oldin javob berildi. Hisob biroz qisqardi – 1:3.
5-raundda özbek xonadonlarida devorlarga nega gilam osib qöyilişi haqida qiziq savol öynaldi. Mazkur savol nafaqat stolda öynayotgan bilimdonlarga, balki butun klubga ham noqulaylik qildi, deyiş mumkin. Yöqsa, uşbu raundda olingan klub yordami havoga uçmas edi. Hisob esa yana yirik körinişga keldi – 1:4.
Endi jamoa faqat öz kuçiga işonişi lozim.
6-raund savoli öyindagi eng zörlaridan biri böldi. Italiya toğli hududlarida qöy boquvçi çöponlar nima uçun özlari bilan xaçirlar olib yurişi haqidagi savolga toğliklar hayotidan yaxşi xabardor bölgan bilimdon – Nurbek Yöldoşev töğri javob bera oldi va yana hisob biroz qisqardi – 2:4.
Mavzuga oid
Teletomoşabinlar va bilimdonlar örtasidagi quvlaşmaçoq 7-raundda ham davom etdi. Uşbu raundda kitoblarni saqlaşdagi 2 xil usul haqida savol öynaldi. Qaysi toifa kitoblar vertikal, qaysilari gorizontal saqlanişi haqidagi ajoyib savolga jamoa töğri javob topa olmadi. Ammo boşlovçi klubga yuzlanganda, klubdan töğri javob yangradi. Balki, klub yordami uşbu savolga olinganida, hisob 2:5 emas, 3:4 bölarmidi.
Hisob juda tahlikali köriniş oldi. Birgina notöğri javob jamoani keyingi mavsumda iştirok etişdan mahrum qilib qöyişi heç gap emas. Şu sabablimi, keyingi raundlarda jamoa har bir savol bilan xuddi portlaş xavfi bor mina bilan işlagan sapyorday ehtiyotkorona işladi.
Keyingi raundda XX asrning 60-70 yillarida Xivadagi bozorda juma kunlari nega narx-navo tuşib ketgani haqidagi savol öynaldi. Xayriyatki, jamoa savolga töğri javobni qiynalmay topdi va hisob biroz qisqardi – 3:5.
9-raundda abjad hisobi asosida tuzilgan Uvaysiyning çistonidan savol öynaldi. Bu savolda adabiyotning nozik bilimdoni bölgan Rustam Jabborov jamoa joniga ora kirdi. Uşbu bilimdonning abjad hisobidan xabardorligiga qoyil qolmasdan iloj yöq. Hisob – 4:5.
10-raundda steyk pişiriş darajalari haqida qiziqarli savol öynaldi. Bobur Yoqubov ikkinçi marta muddatidan oldin javob berib, hisobni tenglaştirdi.
Oçiği, hisob 2:5 bölib turganida jamoaning aşaddiy muxlislari ham hisob tenglaşişiga unçalik işonmayotgandi. Ammo körib turganingizdek, tajriba öz sözini aytib, jamoa hal qiluvçi raundga ham yetib keldi.
Jamoa hal qiluvçi raundda bor-baraka öyinini tanlaşdan çöçidi. Avvalgi iştirokida jamoa bor-baraka öyinidagi mağlubiyat sababli öyinni tark etgani bunga sabab böldi.
Şunday qilib, jamoa oxirgi raundda tavakkalga qöl urmasdan, öyinni töliq tarkibda davom ettirişni ma’qul kördi.
Sönggi raundda dengizda baliq ovlovçilar nima maqsadda özlari bilan qöy terisi va yung olib yurişi haqida savol öynaldi. Jamoa kompasni ehtiyotlab saqlaş uçun, deya javob berdi. Ammo javob boşqa bölib çiqdi. Hisob – 5:6.
Şu tarzda yozgi mavsumning ilk öyini bilimdonlarning mağlubiyati bilan yakunlandi. Umuman olganda, Bobur Yoqubov boşçiligidagi yoşi katta bilimdonlar muxlislar kutgan hayajonli öyinni taqdim eta oldi, deyiş mumkin. Jamoa kuzgi mavsumga yöllanma oladimi-yöqmi, buni keyingi öyinlar natijalariga qarab aytiş mumkin böladi.
Öyin stenogrammasi bilan quyida tanişib çiqişingiz mumkin.
1-raund. Blits. Savol muallifi - Alişer Hamroyev, Jizzax tumani.
Mavzu: Amerika Qöşma Ştatlari prezidentlari.
1-savol:
Boşlovçi: AQŞning sakkizinçi prezidenti Martin Van Byuren birinçi ŞUNDAY prezident bölgan ekan. Undan oldingi yettita prezident Martin van Byurendek bölmasa-da, prezidentlikka baribir saylangan.
Diqqat savol: van Byurenning ulardan ustunligi nimada edi?
Javobni Rustam Jabborov beradi: Uni boşqa prezidentlardan ustunligi Amerika Qöşma Ştatlarida tuğilganligi.
Töğri javob: U AQŞ fuqarosi bölgan birinçi prezident hisoblanadi.
2-savol:
Boşlovçi: Maşhur Avram Linkolnning öz paytida Beri va Linkoln degan qahvaxonasi bölgan. Hali prezidentlikka ança bor öşa paytlarda. U AQŞdagi eng birinçi litsenziyaga ega bölgan kişi bölgan. Siz javobni Beri va Linkoln degan qahvaxonadan qidiring.
Diqqat savol: Nima iş qilişga u birinçilardan bölib litsenziya olgan?
Javobni Uluğbek Qulmurodov beradi: u totalizator öyinlariga litsenziya olgan.
Töğri javob: Beri va Linkoln degan qahvaxonada u dastlab barmen bölib işlagan, barmenlikka litsenziyasi bölgan.
Hisob: 0:1
Savol muallifi Alişer Hamroyev 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
2-raund Savol muallifi - Abduvohid Ğofurov, Böz tumani.
Boşlovçi: Bu savol Genri Ford memuaridan olingan. Unda aytilişiça, Ford doim jurnalistlar ta’qibida yurgan. Bir kuni u Nyu-Yorkda Lançester avtomobilida sayr qilib qoladi. Darrov jurnalistlar uni qurşab olib, uning nega Fordda emas, Lançester minib yurganini söraşadi. Şunda u öz firmasining markasini uşlagan holda juda taktik javob qaytaradi.
Diqqat savol: u qanday javob qaytargan?
Javobni Bobur Yoqubov beradi: Sotuvda özimizning maşinadan qolmagan ekan. Şuning uçun majbur bölyapman Lançesterda yurişga degan bölişi mumkin.
Töğri javob: Men ta’tildaman, heç qayerga şoşmayapman. Şuning uçun Fordda emasman.
Hisob: 0:2
Savol muallifi Abduvohid Ğofurov 2 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
3-raund Savol muallifi - Ruşaniya Şukurbekova, Konimex tumani.
Boşlovçi: Marhamat ekranga qarang!
Toşotar qurol. Qadimgi Misrda laşkarlar uni raqibga otişga usta bölişgan. Bu moslama bilan laşkarlar faqat toş otişmagan. Jangdan böş vaqtlari heç narsa otişmasa ham uni qattiq aylantirib, aylantirib bir iş qilişgan. Jangdan böş paytida, jangga taalluqli bölmagan bir işni bajarişgan.
Diqqat savol: Nima qilişgan deb öylaysiz?
Javobni Rustam Jabborov beradi: Demak çivinlarni haydaşgan.
Töğri javob: Uni içiga tuxum solib tez aylantirilsa issiqda pişar ekan, 2 daqiqa vaqt içida.
Hisob: 0:3
Savol muallifi Ruşaniya Şukurbekova 3 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
4-raund. Savol muallifi - Şahnoza Böriyeva, Şerobod tumani.
Boşlovçi: Doğistonda azaldan turli qabilalar, qavmlar örtasida janjallar bölib turgan. Ikkita qavm bir-biri bilan qirpiçoq bölgan, qon tökiliş darajasiga borganda, qiliçlar yalanğoçlanganda, qon tökilişi aniq bölganda, jang maydoniga bir ayol kirib kelgan. Şunda raqiblar ortga çekinib janjalga barham berişgan.
Diqqat savol: Ayol qanday harakat qilganki, raqiblar jangni töxtatişga majbur bölişgan?
Jamoa muddatdan oldin javob beradi
Javobni Bobur Yoqubov beradi: Boşidagi römolini yeçib yerga taşlagan.
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
5-raund. Savol muallifi - Asomiddin Eşonqulov, Qamaşi tumani.
Boşlovçi: Hayotiy va qiziqarli savol. XX asr oxirlarigaça deyarli barça özbek xonadonlarida devorlarga gilam osib qöyiş urf bölgan. Bundan ikkita maqsad közlangan. Birinçidan devorni çiroyli körsatiş maqsadi bölgan.
Diqqat savol: Ikkinçi asosiy sabablaridan birini siz ayting.
Jamoa klub yordamidan foydalandi
Javobni Rustam Jabborov beradi: Gilamlar şovqinni qaytariş maqsadida osib qöyiladi.
Töğri javob: Agarda gilamni yiğiştirib taxmonga taxlab qöyilsa, kuyalar yeb qöyar ekan. Ikkinçi sabab kuya yemasligi uçun ekan.
Hisob: 1:4
Savol muallifi Asomiddin Eşonqulov 4 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
6-raund. Savol muallifi- Diyorbek Mamarasulov, Farğona şahri.
Boşlovçi: Italiya toğli hududlarida qöy boquvçi çöponlar bahor, kuz oylari poda içida ba’zan bitta, ikkita balkim uçta xaçir yoki bölmasa eşak olib yurişgan. Qiyaliklarda yaxşi yuradi deb. Ular çöponlarni olib yurişmaydi. Ularning alohida vazifalari böladi. Ular heç kimni olib yurmaydi, lekin vazifasi bor.
Diqqat savol: Ularning asosiy vazifasi nima bölgan?
Javobni Nurbek Yöldoşev beradi: Bahor va kuzda yangi tuğilgan qöziçoqlarni xaçirlar xurjunda olib yuriş uçun.
Töğri javob: Qöziçoqlar uzoq masofaga yura olişmaydi, çarçab qolişadi. Ularning noziklarini olib yuriş uçun.
Hisob: 2️:4️
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
7️-raund. Savol muallifi - Sarvar Fayzullayev, Toşkent tumani.
Boşlovçi: Marhamat ekranga qarang!
Savol kitob qadoqlaş va saqlaş xususida. Köp kitoblar birinçi suratdagi kabi gorizontal holda saqlanadi. Ikkinçi suratdagi belgisi bor kitoblar faqat vertikal holatda saqlanişi şart ekan.
Diqqat savol: Qanday kitoblarni vertikal holda saqlaş kerak?
Javobni Rustam Jabborov beradi: Kitoblar odatda ikki xil usulda birlaştiriladi. Biri sim orqali tikiladi, ikkinçisi yelimlanadi. Mana şu yelimlangan kitoblarni vertikal holatta saqlanadi.
Töğri javob: Bu kitoblarni faqat tik holatda saqlaş kerak. Agar köndalang holda saqlansa, börtik nuqtalar ezilib qölga bilinmaydigan holatga keladi. Brayl alifbosida yozilgan kitoblar vertikal holatda saqlanadi.
Hisob: 2️:5️
Savol muallifi Sarvar Fayzullayev 5 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
8-raund. Savol muallifi - Murodbek Qurbonov, Xiva şahri.
Boşlovçi: XX asrning 60-70 yillari Xivadagi bozor yonida bittagina masjid bölgan. Juma kuni odam köp bölgan bölsa-da, narx-navo boşqa kunlardagidan arzonlaşib ketar ekan.
Diqqat savol: Nega odam köp bölsa-da narx-navo arzonlaşib ketadi?
Javobni Uluğbek Qulmurodov beradi: Juma namoziga köpçilik uzoqdan keladi va özi bilan narsa olib keladi. Bozorda birinçi navbatda mahsulot köpayadi, ikkinçi sababi tezroq sotib namozga ulgurişi. Şuning hisobiga arzon böladi.
Töğri javob: Juma kuni bitta masjidga uzoqdan odamlar keladi. Ular özlari bilan narsalar olib kelib tezda sotib namozga kirib ketişadi.
Hisob: 3️:5️
Bilimdonlar jamoasi 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
9-raund. Savol muallifi - Otabek Yöldoşev, Oqqörğon tumani.
Boşlovçi: Mumtoz adabiyotimiz nomoyandalaridan bölgan Uvaysiydan Çiston:
Ul nadurkim boşi sakson, jismi öttiz,
Poyi bir, joni tört yuz.
Aqli öndir, fahm ellik benazir.
U çistonda Uvaysiy abjad hisobida söz öyini qilganlar, ya’ni raqamlar ostidagi harflar yiğilsa bir maşhur zotning nomi hosil böladi.
Diqqat savol: bir daqiqa öylab aytingçi qaysi zot nomi yaşiringan?
Javobni Rustam Jabborov beradi: Platon.
Töğri javob: Platon.
Hisob: 4️:5️
Bilimdonlar 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
10-raund. Savol muallifi - Ravşanbek Mamajonov, Töraqörğon tumani.
Boşlovçi: Marhamat xodimimiz qöliga qarang!
Steyk yeyiş uçun kafega kirdingiz. Ofisiant buyurtmani oldi. Uzoqdan steyk pişiruvçi oşpazga buyurtmani barmoqlari orqali körsatmoqda. Birinçi pişiriş usuli, ikkinçi pişiriş usuli, uçinçi va törtinçi. Oşpaz şu işora bilan steykni qanday pişiriş buyurtmasini oldi, barmoqlari bilan jönatdi.
Diqqat savol: Oşpazlar buyurtmani qanday pişirişni qöl yoki barmoqning qaysi qismiga qarab ado etişadi?
Jamoa muddatdan oldin javob beradi.
Javobni Bobur Yoqubov beradi: Boş barmoqni tagini yumşoqligi bilan aniqlanadi, ikkinçi, uçinçilari qattiqlaşib boraveradi, şu bilan steykni qanday pişiriş körsatilgan.
Töğri javob: Barmoqning joylaşgan örinlarida.
Hisob: 5️:5️
Bilimdonlar 1 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
11-raund. Savol muallifi - Sarvar va Şahnoza Ğaniyevlar, Kattaqörğon tumani.
Boşlovçi: Ernest Heminguyeyning "Borliq va yöqlik" romanida muallif baliqçilar hayotini yoritgan. Baliqçilar dengizga çiqişidan oldin turli anjomlar bilan birga qöy terisi va yung olib yurişgan. Anjomlar orasidagi ALFAni örab yuriş uçun.
Diqqat savol: Nega aynan yung va teriga örab yurişgan? ALFAni toping.
Javobni Bobur Yoqubov beradi: Kompasni ehtiyotlab saqlaş uçun.
Töğri javob: Dengizda har qanday ekstremal holatlar bölişi mumkin. Ular yungni yoğlab miltiqni oğziga tiqib, nam ötkazmaydigan teriga örab korroziyadan saqlab qolişgan.
Hisob: 5️:6️
Savol muallifi Sarvar va Şahnoza Ğaniyevlar 6 million söm pul mukofotini qölga kiritdi.
Foto: Zakovat
Eng yaxşi savol muallifi - Sarvar va Şahnoza Ğaniyevlar
11-raunddagi "Miltiqni asraş" haqidagi savoli uçun 6 mln söm va eng yaxşi savol uçun 5 mln söm, jami 11 mln söm pul mukofotiga ega böldi.
Foto: Zakovat
Öyinning eng faol bilimdoni - Nurbek Yöldoşev.
Nurbek Yöldoşev 5 mln söm pul mukofotini qölga kiritdi.