14 iyul, payşanba kuni Belarus taşqi qarz majburiyatlarini bajara olmadi, deb xabar berdi Moody's xalqaro reyting agentligi. Bir kun avval mamlakat Belarus-27 yevroobligatsiyalari böyiça 22,9 million dollar tölaşi kerak bölgan muddat tugadi. Biroq, Belarus Moliya vazirligi uşbu tölovni milliy valutada - Belarus rublida amalga oşirdi va şuning uçun obligatsiyalar egalari ularga tegişli tölovlarni ololmadi.

600 million dollarlik 10 yillik Belarus-27 yevroobligatsiyalari emissiyasi 2017 yil iyun oyida joylaştirilgan. Ularning egalariga yillik 7,625 foiz daromad va’da qilingan edi. Xalqaro moliya bozorlarida Belarus yevroobligatsiyalarining umumiy qiymati 3,25 mlrd dollar bölgan beşta emissiyasi mavjud.

28 iyun kuni Belarus Rossiyadan keyin taşqi qarz majburiyatlarini milliy valutada qaytarişga ötayotganini e’lon qildi. 22 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin taşqi davlat qarzi böyiça rublda tölovlar töğrisidagi farmonni imzoladi. 27 iyun kuni Moody's Rossiyaning yevrobondlar böyiça defoltini e’lon qildi.