Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi yuqori inflatsiya O‘zbekistonda ham narxlar oshishiga olib kelishi mumkinmi?
O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan 5ta mamlakat: Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiyadagi inflatsiyaning O‘zbekistondagi umumiy inflatsiya darajasiga ta’siri hisoblab chiqildi.
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari Turkiyadagi inflatsiyaning O‘zbekistondagi narxlarga ta’siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. Tashkilot matbuot xizmati tadqiqot natijalarini Kun.uz’ga taqdim qildi.
Turkiya O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlaridan biri hisoblanib, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 7 foizga yaqini ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, 2018 yildan boshlab Turkiyada inflatsiya tez sur’atlar bilan o‘sa boshlagan. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 19,6 foizga yetgan (2017 yilda 11,4 foiz). Joriy yilda esa inflatsiyaning 60,5 foizga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu holat O‘zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?
PMTI ekspertlari O‘zbekistonning asosiy hamkorlari bo‘lgan 5 ta mamlakat: Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiyadan import inflatsiyasini hisoblab chiqdi. Bunda har bir hamkor davlatdan qilinayotgan importning ulushidan foydalanildi. Hisob-kitoblar 11 foizga teng umumiy inflatsiyaning 2,73 foiz punkti Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Janubiy Koreya va Turkiyadan qilinayotgan import hajmiga bog‘liq ekanini ko‘rsatdi. Turkiyadan import qilingan inflatsiya taxminan 0,28 foiz punktga teng. Demak, Turkiyada inflatsiya kuchayishi O‘zbekistondagi iste’mol narxlariga sezilarli ta’sir qilmaydi.
Agar so‘mning devalvatsiya darajasi me’yordan yuqori bo‘lsa, bu raqamlar oshishi mumkin. Bu esa valuta kursi barqarorligini ta’minlash vositalarini takomillashtirishni talab qiladi.
Mavzuga oid
13:14
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
21:44 / 05.06.2026
May oyidagi inflatsiya: qaysi mahsulot qanchaga qimmatlashdi?
10:40 / 01.06.2026
Metan-shoxobchalarda gaz narxi ko‘tarildi
16:20 / 26.05.2026