Böstonliq tumani Xöjakenttepa şahristoni arxeologiya yodgorligi hududida noqonuniy quriliş işlari olib borilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda video tarqaldi. Madaniy meros agentligi uşbu murojaat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Böstonliq tumani «Xöjakent» MFYda joylaşgan Xöjakenttepa şahristoni arxeologiya yodgorligi IX—XII asrlarga oid bölib, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 846-sonli qarori bilan milliy röyxatdan joy olgan.

Şuningdek mazkur obekt moddiy madaniy merosning köçmas mulk obekti sifatida davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan.

2022 yilning 1 aprel sanasida Toşkent viloyati Madaniy meros boşqarmasi vakillari tomonidan mazkur arxeologiya yodgorligi hududida tegişli ruxsatnomasiz quriliş işlari amalga oşirilayotgani va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 martdagi 265-sonli qarorning 5-ilovasi talablari buzilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan boşqarma mutaxassislari tomonidan şu kunning özida dalolatnoma rasmiylaştirilib, tadbirkorga quriliş işlarini töxtatiş haqida körsatma va ogohlantiriş xatlari berilgan.

Bildirilişiça, töplangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga taqdim etilgan. Bugungi kunda Böstonliq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi harakatlari amalga oşirilmoqda.