Prezident qarori bilan, turizmni rivojlantiriş böyiça yangi çoralar belgilandi.
2026 yil 1 iyuldan boşlab, aholi tomonidan dala hovlilarini ijaraga beriş – Soliq mobil ilovasi orqali “men bilan birga” şaklida bir nafar şaxs nomiga birga dam oluvçilar sonini körsatgan holda soddalaştirilgan tartibda rasmiylaştiriş orqali amalga oşiriladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 iyuldan boşlab milliy turizm yagona platformasi va uning mobil ilovasi işga tuşiriladi va u orqali:
- mulkçilik şaklidan qat’i nazar transportning barça turlari integratsiya qilingan holda sayohat yönalişini tuziş, eng maqbul yönaliş va transport turini tanlaş, çiptalarni onlayn band qiliş va sotib oliş imkoniyati yaratiladi;
- çipta xöjaligi joriy qilingan barça turizm obektlari, şu jumladan, muzeylar, madaniy meros obektlari, madaniyat, köngiloçar va dam oliş obektlariga biletlarni onlayn sotib oliş imkoniyatiga ega yagona çipta tizimi joriy qilinadi;
- ekskursiyalar ötkaziş uçun interaktiv xaritalar, planşetlar, audioyordamçi, videoyordamçi hamda onlayn translatsiyalar vositasida turistik obektlar haqida axborot beriş imkonini beruvçi raqamli gid tizimi işga tuşiriladi;
- joylaştiriş vositalari tomonidan xorijiy va mahalliy turistlardan undiriladigan turistik (mehmonxona) yiğim billing tizimi orqali avtomatik tarzda töğridan töğri Turizmni qöllab-quvvatlaş jamğarmasiga ötkaziladi.
2026 yil yakuniga qadar sun’iy intellekt va katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qiliş tizimi joriy etiladi. Bu tizim “Xavfsiz şahar” apparat-dasturiy kompleksi bilan integratsiya qilinadi. Sun’iy intellekt bilan işlovçi bu tizim orqali respublika hududlariga turistlar oqimlari (toifalarga qarab) va ularning xohişlari tahlil qilinadi, personallaştirilgan marşrutlar va takliflar işlab çiqiladi.












