11 iyun kuni Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida futbol böyiça U-23 Osiyo kubogining çorak finali doirasida Özbekiston–Iroq öyinini yoritişga borgan "Sevimli" telekanali muxbiri va tasvirçisi hamda huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari örtasida kelişmovçilik kelib çiqqan edi.

Boş prokuratura axborotiga köra, holat yuzasidan Şayxontohur tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 206-moddasi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari boşlangan.

“Tergovning borişi ustidan Boş prokuratura tomonidan alohida nazorat örnatildi”, deyiladi xabarda.

Xabarda jinoyat işiga gumonlanuvçi sifatida neça kişi jalb etilgani aytilmagan.

Kun.uz voqea tafsilotlarini har ikki tomonning nuqtayi nazari asosida yoritgan edi. Eslatib ötamiz, jabrlanuvçi tomon – jurnalist va tasvirçi ularni 6-7 nafar içki işlar xodimi va 1 nafar milliy gvardiya zobiti kaltaklaganini iddao qilgandi.

Voqeada jabrlangan tasvirçiga jağ-tiş sinişi taşxisi qöyilgandi. Ularning texnikalariga ham şikast yetkazilgan.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning versiyasiga köra, “Sevimli TV”ning ikki xodimini organ xodimlari döpposlamagan – ular stadionda böş joy qolmaganiga qaramay, içkariga kiriş uçun janjal uyuştirgan muxlislar örtasidagi muştlaşuv vaqtida jarohatlangan.

Ğiyosov u yerda kim bilan kim muştlaşganiga oydinlik kiritmasdan, telekanal operatori şu muştlaşuv vaqtida jarohatlanganini iddao qilgandi.

IIV mulozimi holat yuzasidan tekşiruv tayinlagani haqida xabar berganiga bir oydan oşdi, tekşiruv natijalari haqida ma’lumot e’lon qilinmadi.

  • Ma’lumot örnida, voqea yuzasidan AOKA, Mass-media fondi va Jurnalistlar uyuşmasi bayonot berib, huquq organlaridan voqea yuzasidan xolis tekşiruv ötkaziş va aybdorlarni jazolaşni talab qilgandi.