«Tolibon» hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid Afğoniston hududidan Özbekiston va Tojikistonga snaryadlar bilan hujum uyuştirgan guruh a’zolari qölga olinganini ma’lum qildi.
U maxsus amaliyot natijasida guruhning 3 nafar a’zosi öldirilgani, 5 nafari hibsga olingani haqida ma’lumot bergan.
«Kuni keça Qunduzning Imom Sohib tumanidagi Qanjağe hududida Islom Amirligi maxsus bölinmalari Xavorijlar markazini topib, yöq qildi. Uşbu amaliyot davomida xavorijlarning 3 nafari öldirildi, beş nafari tiriklayin hibsga olindi.
Ularning transport vositalari va öt oçiş vositalari musodara qilindi. Ular yaqinda Özbekiston va Tojikistonga raketalar bilan öt oçgandi», deya yozadi Afğoniston muvaqqat hukumati rasmiysi tvitterdagi sahifasida.
Ularga Afğoniston bilan çegaradoş hududlarga hujum uçun öq-dorilarni Qarşilik fronti yetkazib bergani aytilgan.
Avvalroq 15 iyul kuni toliblar Imom Sohibda IŞID jangarilari uyasiga reyd ötkazgani haqida xabarlar berilgandi.
Ma’lumot uçun, Tojikiston hududiga 7 may kuni Tohar viloyatining Xöja-Gar tumanidan turib zarba berilgan, Özbekistonga esa 18 aprel va 5 iyul kunlari Balx viloyati Hayraton şahri atrofidan turib snaryadlar uçirilgan. Tojikiston tomoni javob qaytarişi oqibatida bir neça terrorçi yöq qilingani ma’lum. Barça uç holatda ham hujumga uçragan tomonlarda qurbonlar bölmagan.
Surxondaryoning Termiz şahriga 5 iyul kuni Afğoniston tomondan beşta snaryad kelib tuşgandi. Snaryadlar portlamagan, halok bölganlar va jarohatlanganlar bölmagan. Termiz şahridagi Majnuntol mahallasida joylaşgan törtta xususiy uyga kiçik zarar yetgan, snaryadlardan bittasi futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor birligi tomonidan zararsizlantirilgan.











