Ispaniya va Portugaliyada jazirama qurbonlari soni 1000 nafardan oşdi. Bu haqda 17 iyul, yakşanba kuni Niderlandiyada joylaşgan BNO News axborot agentligi Twitter’da ma’lum qildi. AFP xabariga köra, öşa kuni Madridda havo harorati Tselsiy böyiça 39 darajagaça kötarilgan. Mamlakat şarqidagi Don Benitoda rekord darajadagi 43,3 daraja harorat qayd etildi. 

Kataloniyaning La Vanguardia gazetasi xabariga köra, 16 iyul holatiga köra Ispaniyada kamida 360 kişi halok bölgan. Ulardan 22 nafari Madrid provinsiyasida halok böldi, bir kişi - 60 yoşli farroş iş joyida hayotdan köz yumdi. Yana bir 50 yoşli erkak poytaxt yaqinidagi Torrexon-de-Ardoz köçasida issiq urişdan vafot etdi. AFP agentligining ta’kidlaşiça, şifokorlar jabrlanuvçiga yordam bera olmadilar, uning tana harorati 40 darajaga kötarilgan. 

Portugaliyaning dengiz va atmosfera instituti - mamlakat milliy meteorologiya agentligi ma’lumotlariga köra, 14 iyul kuni Portugaliyaning Pinyan şahrida harorat rekordi (Tselsiy böyiça 47 daraja) qayd etilgan. 

«Köplab hududlarda - Portugaliyadan Fransiyaning markaziy qismigaça va janubi-şarqiy Yevropadagi hududlarda issiqlik uzoq vaqt (20 kun va undan köproq) davom etişi mumkinligiga oid xavotirlar bor. Issiqlik iyul oyining oxirigaça davom etişi va avgustda ham kuzatilişi mumkin». — dedi AccuWeather Amerika prognozlar xizmatining katta meteorologi Tayler Roys. Uning sözlariga köra, gap Vengriya, Xorvatiya şarqi, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Ruminiya janubi va Bolgariya şimolidagi bir qator hududlar haqida ketmoqda. 

Şu fonda Fransiya, Gretsiya, Portugaliya va Ispaniyada yonğinlar avj oldi, önlab kvadrat kilometr maydonlar yonib ketdi, minglab aholi va sayyohlar yaşaş va dam oliş joylarini tark etişga majbur böldi, bir neça qutqaruvçilar halok böldi. 

Bu sönggi bir neça hafta içida Yevropaning janubi-ğarbiy qismida sodir bölgan ikkinçi issiqlik tölqinidir. Olimlar haddan taşqari issiq haroratga iqlim özgarişi sababçi ekanini bildirib, kelajakda qurğoqçilikning tez-tez va kuçli davrlarini başorat qilmoqda. 

Buyuk Britaniyada 16 iyulda milliy inqiroz ştabi çaqirildi. Avvalroq Britaniya meteorologiya boşqarmasi mamlakatning ayrim hududlari uçun birinçi marta eng jiddiy «qizil» issiqlik ogohlantiriş darajasini e’lon qilgan edi. Kelasi hafta boşida London va Mançester örtasidagi Angliyaning katta qismida harorat 40 darajagaça kötarilişi kutilmoqda. Avvalgi rekord - 38,7 daraja harorat 2019 yilda Kembrijda qayd etilgan edi.