Xizmat burçini bajarayotgan vaqtida tan jarohati olgan 141 nafar huquq-tartibot idoralari xodimi hamda soğliği va mulkiga zarar yetkazilgan 16 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb e’tirof etildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida sodir bölgan ommaviy tartibsizliklar oqibatida fuqarolar va tadbirkorlar mol-mulki, davlat va ijtimoiy infratuzilma obektlariga 3 mlrd 147 mln söm zarar yetkazilgan.

Bugun, 18 iyul kuni AOKAda Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsuddinov iştirokida ötkazilgan brifingda Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holat davrida qonuniylikni ta’minlaş böyiça körilgan çora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Qayd etilişiça, joriy yil 16 iyul holatiga köra, tergov-tezkor guruhi tomonidan ötkazilgan tergov harakatlari doirasida hodisa yuz bergan hududlar va joylar ekspert va mutaxassislar iştirokida töliq közdan keçirilib, işga aloqador bölişi mumkin bölgan 550 dan ortiq aşyo va narsalar rasmiylaştirib olindi.

Tibbiy yordam sörab murojaat qilgan 274 nafar fuqaroga tegişli tibbiy yordam körsatildi, şundan 16 nafar fuqaro tibbiy muassasalarda qolmoqda. 

Yana 3 nafar fuqaro ahvoli öta oğir bölgani bois, şifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, vafot etgan. 

Ommaviy tartibsizliklar oqibatida jabrlangan şaxslarni aniqlaş çoralari körilayotgani aytildi. Öz xizmat burçini bajarayotgan vaqtida tan jarohati olgan 141 nafar huquq-tartibot idoralari xodimi hamda soğliği va mulkiga zarar yetkazilgan 16 nafar fuqaro jabrlanuvçi deb e’tirof etildi.

Jinoyat sodir etgan şaxslarni foş etişga qaratilgan tadbirlar doirasida gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinib, belgilangan tartibda uşlangan fuqarolar himoya huquqi advokat orqali amalga oşirişi töliq ta’minlangan, ular uşlangani va qamoqqa olingani hamda saqlanayotgan joyi haqida yaqin qarindoşlariga belgilangan tartibda xabar berilgan.