19-22 iyul kunlari “Konstitutsiyaga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi böyiça bölajak respublika referendumi munosabati bilan YeXHT DIIHB ehtiyojlarni baholaş missiyasi ekspertlari taşrifi kutilmoqda.
Markaziy saylov komissiyasi xabariga köra, ehtiyojlarni baholaş missiyasi taşrifidan közlangan maqsad referendumga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça işlarni taşkil etiş bilan tanişiş, referendum töğrisidagi milliy qonunçilikning umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilişdan iborat.
DIIHB missiyasi xulosalari asosida YeXHT bölajak respublika referendumini kuzatişning maqsadga muvofiqligi, formati, davomiyligi va kuzatuvçilar tarkibi töğrisida qaror qabul qiladi.
Taşrif davomida missiya mutaxassislari Markaziy saylov komissiyasi raisi, qator vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uçraşadi.











