Prezident dehqonçilik qilayotgan aholi takliflari asosida ular kötargan muammolar yeçimlarini aytib ötdi.
Jumladan, yil yakunigaça yana qöşimça 20 ming gektar ekin maydoni aholiga bölib beriladi (jami 100 ming gektar böladi). Kelgusi yilda yana qöşimça 100 ming gektar ekin maydoni ham aholiga tarqatiladi (jami 200 ming gektar böladi).
“Bu – juda katta islohot. Buning hisobiga qöşimça 1 million 200 ming nafar aholini band qiliş uçun şaroit yaratilmoqda. Eng asosiysi – agar tuman hokimi, hokim yordamçisi bu masalaga hisob-kitob bilan yondaşsa, oziq-ovqat, işsizlar masalasini bemalol hal qila oladi”, dedi davlat rahbari.
Mutasaddilar, viloyat va tuman hokimlariga bir oy muddatda kamida 1 mingta mahallada kiçik hajmli muzlatkiçlar örnatiş, 3 ming gektarda parnik usulida ertaki mahsulotlar yetiştiriş dasturini boşlaş topşirildi.
Bunga joriy yilda 50 million dollar, kelgusi yilda yana 100 million dollar yönaltiriladi. Şuningdek, “daftarlar”dagi aholiga yer berilganda, barça imtiyoz va tölovlar 1 yilgaça saqlanib qoladi. Tanlovda 1 nafar talabgor iştirok etganda ham tanlov ötkazilgan hisoblanadi. Mahallalarga hosildor uruğ, köçat yetkaziş va mahsulotini sotib oliş uçun 150 milliard söm yönaltiriladi.












