Fitch xalqaro reyting agentligi Belarusning xorijiy valutadagi uzoq muddatli reytingini «S» («defolt muqarrar»)dan RD («çeklangan defolt» yoki muayyan majburiyatlar böyiça defolt) darajasiga tuşirdi. «2022 yil 13 iyulda 2027 yil yevrobondlari böyiça kuponni tölaşda 14 kunlik imtiyozli davr tugaganidan söng biz Belarusning uzoq muddatli xorijiy valutadagi reytingini «çeklangan defolt» darajasiga tuşirdik», — deyiladi agentlik bayonotida.

Tuşiriş faqat mamlakatning uzoq muddatli taşqi qarz majburiyatlariga taalluqlidir. Mahalliy valutadagi uzoq muddatli reyting «SSS» darajasida qolmoqda.
 
15 iyul kuni Moody's xalqaro reyting agentligi Belarus rublida amalga oşirilgan Belarus-27 yevrobondlari böyiça kupon tölovlarini Belarusning taşqi qarzi böyiça defolti deb tan oldi. Agentlik hisobotiga köra, obligatsiya egalari rubldagi tölovlarni ololmagan. Moliya vazirligi 22,9 million dollar tölaşi kerak edi, ularning imtiyozli muddat tugaganidan keyin tölanmaganligi Moody's agentligi tomonidan defolt sifatida baholandi. Iyun oyi oxirida agentlik Rossiyaga nisbatan dollardagi davlat qarziga xizmat körsatişning iloji yöqligi sababli xuddi şunday xulosaga keldi. Belarus Moliya vazirligi Moody's harakatlarida «provokatsion xususiyat»ni kördi. 

Iyun oyi oxirida respublika hukumati matbuot xizmati Minsk sanksiyalar tufayli yevrobondlar böyiça tölovlarni amalga oşiriş bilan boğliq muammolar fonida yevroobligatsiyalar böyiça qarz majburiyatlarini Belarus rublida bajarişini ma’lum qildi.