Xöş, bunday ob-havo şaroitida qanday tibbiy tavsiyalarga amal qiliş lozim? SSV matbuot xizmati şu savol bilan Respublika ilmiy ixtisoslaştirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Roziqovaga murojaat qildi. 

— Bunday vaziyatda imkon qadar oçiq havoda yurmaslik zarur, — deydi mutaxassis. — Ayniqsa, bronxial astma, allergik rinit, allergik kon’yuktivit, tomoq qiçişişi bilan kuzatiladigan yötal, bronxit, bronxlar giperreaktivligi va boşqa nafas yöli surunkali kasalliklari bor insonlar taşqariga çiqmasliklari kerak. 

Çunki tözonli havo tarkibida ösimlik çanglari, zamburuğ sporalari juda katta konsentratsiyada böladi. Şu bois xastaliklari bor kişilar şifokor maslahati bilan allergiyaga qarşi dori vositalari dozalarini oşirişlari lozim. 

Xona yoki inşootlarni nam latta bilan tozalab turiş, uy yoki bino içiga, atrofiga suv solingan idişlar qöyiş çang darajasini pasaytirişga xizmat qiladi. Qolaversa, bunday vaziyatda nam soçiqlarni osib qöyiş, konditsioner va havoni tozalaş tizimlari ham asqatadi.

Derazalarni yopiq holda saqlaş, köproq suv içiş, tez-tez duş qabul qiliş nafas olişni yengillaştiradi. Oğiz va burun böşliğini tuzli eritma bilan yuvib turiş ham katta samara beradi. 

Oçiq havoda yurganda, albatta, tibbiy niqob taqib yuriş va ularni har ikki soatda almaştiriş şart. Yoş bolalar, homilador ayollar va yoşi katta insonlar ham bunday vaziyatda ehtiyotkor bölişi tavsiya etiladi. 

«Agar yurtdoşlarimizda taşqi muhitdagi çanglar tufayli nafas qisişi, burun bitişi, aksiriş, burun oqişi, közlarda va tomoqda qiçişiş va qizariş, yötal belgilari yuzaga kelsa, tezda oilaviy şifokor punkti, oilaviy poliklinikalarga murojaat qilişlari lozim.

Eslatib ötamiz, yurtimiz aholisi bunday ob-havo şaroitida zarurat sezganda, «103» xizmatiga murojaat qilib, tunu kun sifatli tibbiy yordam olişlari mumkin.

Bundan taşqari, Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda tuman va şahar bölimlarida zarur dori-darmonlar bilan yetarli miqdorda töliq ta’minlangan. 

Qolaversa, soğliqni saqlaş vazirligining «1003» qisqa raqamli  Sall-markazi faoliyat körsatmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.