«Bavariya» De Ligt uçun deyarli 70 million yevro töladi. Transfer özini oqlaydimi?
|21:39 / 20.07.202213 70910 min
22 yoşli Matteys de Ligt – «Bavariya» futbolçisi. Niderlandiyalik markaziy himoyaçi «Yuventus»dan 67 million yevro (yana 10 million ehtimoliy bonus) evaziga ötdi. Bu nemis klubi tarixidagi ikkinçi katta transfer bölib, faqatgina Luka Ernandes uçun köproq tölangan (80 million yevro).
De Ligt «Yuventus»da özini qanday namoyon qilgani va «Bavariya»da undan nimani kutiş mumkinligini Rossiyaning Spors.ru sayti kolumnisti Artyom Denisov tahlil qilişga urindi.
De Ligtning «Yuventus»dagi muvaffaqiyati – bu haqiqat
De Ligt «Yuventus»da asosiy tarkibning «temir» öyinçisi böla oldi. Uç mavsumning har birida u öynagan daqiqalari böyiça eng yaxşi beşlikdan joy oldi. 2021/22 yilgi mavsumda esa faqat darvozabon Voysex Şensni undan ham köproq vaqt maydonga tuşgan.
Niderlandiyalikning Italiyadagi sarguzaştlarini ikki bosqiçga böliş mumkin.
Birinçisi, A Seriyadagi dastlabki 3-4 oy: golga olib kelgan muntazam xatolar, joy tanlaşdagi xatolar, qöl bilan öynaş holatlari köpligi (de Ligtning aytişiça, hatto jamoada uning qöllari «töp magnitlari» deb atalgan).
Ikkinçi bosqiç – keyingi 2,5 yil. Himoyaçi asta-sekin ösib bordi, kuçli tomonlarini rivojlantirdi, zaif tomonlarini töğrilaşga harakat qildi.
Boşidagi muammolarni osongina tuşuntiriş mumkin. Birinçidan, «Yuve» Kellinining oğir jarohati tufayli Matteysni jamoaga qöşib olişga majbur bölgandi. De Ligt uni asosiy tarkibga bosqiçma-bosqiç jalb qilmoqçi bölişganini tasdiqlagandi: «Reja şunday edi: Kellini va Bonuççi maydonga tuşişadi, meni esa tarkibga sekin-asta jalb qilişadi. Darhol jangga taşlaşlariga qarşi emasman, ammo bu jiddiy sinov bölardi».
Ikkinçidan, de Ligt yangi tizimga moslaşişi lozim edi. Uning sobiq jamoasi «Ayaks»da himoya çiziği yuqoriroqda joylaşgandi. Himoyaçi öz pozitsiyasi haqida qayğurmasdan, raqib jarima maydoniga dadil borardi. Erediviziya darajasida Matteys duellarda murosasiz tarzda ustunlik qildi.
Mauritsio Sarri «Yuventus»da zonaviy himoyani yölga qöydi: öyinçilar makonni himoya qiladi, raqib futbolçisini emas. Sarri körsatmalarining öziga xosligi şundaki, u markaziy himoyaçilardan darvoza hududida qolişni talab qiladi – çunki, raqib yöllagan töpni tösib qoliş imkoniyati böladi. Şu tufayli, de Ligt yangi himoyaviy modelga tezda moslaşa olmadi.
«Yuventus» murabbiylaridan biri Jovanni Martusciyello ilk qiyinçiliklarni şunday izohladi: «De Ligt şeriklari bilan hamnafas öynaş borasida ortda qolmoqda va hali ham pozitsiyada xatolarga yöl qöymoqda».
Mavzuga oid
Futbolçi bu e’tirozlarni tuşundi: «Biz zonalarda öynayapmiz, bundan oldin faqat yakkaxon öynaganman. Yangi pressing modeliga va yangi talablarga könikişim kerak, qaçon himoyaga qaytiş va qaçon hujumga ötişni tuşunib olişim lozim».
Sarri Matteys bilan şaxsan işladi va uni tezda moslaştira oldi. Natijada, niderlandiyalik futbolçini kamroq aldab öta boşladilar, driblingçilarga qarşi muvaffaqiyatli harakatlar 20 foizga oşdi. Yöqotişlar va qoidabuzarliklar soni sezilarli darajada kamaydi. Yildan yilga töpni raqibdan ilib olişlar soni ortdi. Bosim ostida uzatmalar soni kamaydi, u töp bilan tezroq işlay boşladi. De Ligt özining havo duelidagi körsatkiçlarini yaxşiladi.
De Ligtning öyin portreti: tajovuzkor uslubni yaxşi köradi va jamoadoşlariga köp körsatma beradi
De Ligtning taraqqiyoti oddiy öyinçidan dunyoning eng yaxşi futbolçisigaça bölgan kosmik sakraş emas. U ma’lum bir rolda rivojlandi va universal maşinaga aylanmadi. Şaxsiy duellarda harakat qiluvçi tajovuzkor markaziy himoyaçi – niderlandiyalikning kuçli tomonlari.
«Qora mehnat juda muhim. Odamlar uni iflos iş deyişadi, lekin menga yoqadi. Boş bilan töp qaytarişni yaxşi köraman, yakkakuraşlarda yengib çiqişni yoqtiraman. Şu nuqtayi nazardan, men eski maktab himoyaçisiman. Hozir şunçaki pozitsiyani egallab olib, hududni yopib turuvçi futbolçilar köp. Men buni qabul qilaman, lekin yakkama-yakka kuraşni yoqtiraman. Raqib bilan kuraşişni. Bu uslub tavakkalçilik bilan boğliq. Şu tufayli, «Yuve»da muvozanatni saqlaşni örganyapman», deya öz öyinini ta’riflagandi de Ligt. Uning kumirlari: Maldini, Barezi, Nesta, Kannavaro.
Matteys tanasi bilan öynaş borasida ham ösdi. Gap faqat töp maydon taşqarisiga çiqib ketişi uçun yelkani tutib beriş haqida emas. De Ligt baquvvat gavdasi bilan raqibini surib çiqarişga qodir.
De Ligtning yana bir xususiyati şeriklariga doimiy körsatma berib turişida ifodalangan yetakçilik fazilatidir.
U boşqa himoyaçilarga körsatmalar beradi, yarimhimoyaçilarni orqaga qaytiş, oldinga yoki qanotlarga ötişga çaqiradi. Harakat vektori imo-işoralar bilan körsatiladi.
«Yuventus» afsonasi Alessio Takkinardi himoyaçining sardorlik könikmalarini baholab, 1996 yilda Çempionlar Ligasida ğolib çiqqan jamoada hozirgi tarkibdan kim yöqolib qolmagan bölardi degan savolga quyidagiça javob berdi: «Balki, faqat de Ligt, u ruhiy jihatdan kuçli. Yoki Petro Verxovodni tanlagan bölardim».
Yana bir qiziq holat – de Ligt himoya markazida aniq pozitsiyada öynaşga qiynalmaydi, unga ikki oyoği bilan öynay olişi asqatadi (uzatmalarning 25 foizini çap oyoğida amalga oşiradi). «Yuve»da köp narsa şeriklarga boğliq: Bonuççi köproq çapdan, Kellini esa öngdan çiqadi. Hatto yaxşi öyinçilar ham köpinça oyoğiga «boğlangan» böladi (çapaqaylar çapda, öngaqaylar öngda öynaşadi). De Ligt esa istalgan vaziyatda tomonlarni özgartirişi mumkin. Agar faol hujumçiga qarşi yakkakuraşga otlansa aynan şunday qiladi.
Töp bilan öynaşda de Ligt hayratda qoldirmaydi. U Kellini, Bonuççi va Ruganiga nisbatan kamroq pas beradi. Töp bilan oldinga ötişda faqat Jorjoga yutqazadi, ammo A Seriya darajasida ajralib turmaydi.
«Kellini maydonda bölganida menda köproq erkinlik bor. Tez-tez hujumga ötişim, töpni oldinga oşirib, köproq bosim qilişim mumkin. Bonuççi bilan boşqaça öynaş kerak – u uzoq paslarni yoqtiradi. Men ikkala ssenariyda ham özimni qulay his qilyapman. Men himoya qila olaman va hujumga öta olaman», degandi Matteys.
«Bavariya»da nima böladi, töpsiz öyinga moslaşa oladimi?
«Bavariya»ning markaziy himoyaçilari bilan taqqoslansa, de Ligt vertikal uzatmalarni kamroq uzatadi va tezkor hujumlarni kamroq taşkil qiladi.
Albatta, jamoalarning uslubi öxşaş emas («Bavariya» töpga köproq egalik qiladi va eng yuqori himoya çiziği bilan öynaydi), ammo oradagi farq baribir tubsizlik kabi körinmoqda.
Nagelsmann ançadan buyon tarkibda bunday himoyaçi öynatmagandi. 2021/22 yillar mavsumida Upamekano töpni orqaga uzatib, gol ötkazib yuborilişiga sabab bölgandi. Nagelsman uni qattiq koyidi: «U bilan gaplaşaman va şunga öxşaş vaziyatlarda qanday harakat qilişni örgataman. Upa töpni orqaga uzatiş mumkin emasligini biladi. Bosim ostida oddiy öynaş kerak, töpni uzatiş mumkin, lekin orqaga qarab emas».
Darvozabon Şensniga töp oşirişni yoqtiradigan De Ligt titray boşlaşi mumkin.
Niderlandiyalikning kamdan kam vertikal paslari markazdan emas, diagonal böylab yon qanotlarga qaratiladi. Bu kengliklardan mohirona foydalanuvçi «Bavariya»da yaxşi iş berişi mumkin.
Nima bölganda ham, endi de Ligt tez-tez oldinga pas berişi kerak. U Ernandes va Upamekano körsatkiçlariga yeta olmasligi mumkin, ammo Nagelsmann tizimi faqat orqaga töp oşiradigan öyinçilarni istisno qiladi. Tarkibga moslaşib oliş davrida töp bilan yuzaga keladigan xatolarga tayyor turiş kerak.
Töpsiz öynaşga örgangan tarkibga moslaşiş qanday keçadi? «Zamonaviy markaziy himoyaçilar – sof himoyaçilar emas», degan edi Nagelsmann, hujumga ötiş könikmalariga tayanişiga urğu berib. Niderlandiyalikda esa aksinça.
Qiziği şundaki, 2019 yil yozida Matteys «Yuventus»ni tanlaganida, Niderlandiyada uni hamma ham tuşunmagan. Köpçilik (masalan, Lui van Gaal) uning «Barsa»ga ötişini kutişgan, «Man Siti» kabi yuqori himoya çiziğiga ega boşqa jamoalar nomi ham tilga olingan edi.
Matteysning aytişiça, u 15 yoşigaça örta çiziqda öynagan va hujumkor yarimhimoyaçi bölgan. Balki aynan şu nuqtada himoyaçi uçun zarur bölgan pressing uslubini özlaştirib olgandir.
Ikkita markaziy himoyaçi bilan bunday hujumkorlik juda xavfli. Ammo uçtasi bilan barqaror iş berişi mumkin, bunda qolgan ikki markaziy himoyaçi oraliq masofani vaqtida qisqartirişi lozim.
Ehtimol, Nagelsmann uç nafar markaziy himoyaçi sxemasini tanlar – nemis jurnalistlari u hujumda Mane va Gnabri bilan 3-5-2 sxemasidan foydalanmoqçi ekani haqida xabar berişdi. Bu Matteys uçun yaxşi yangilik. Sönggi mavsumlarda «Bavariya» markaziy himoyaçilari xotirjamlik bilan raqib maydoniga kirib borişganini hisobga olsak, Nagelsmann tarkibidagi de Ligtning dadil hujumlari miqdorini tasavvur qiliş qiyin.
Xulosa: «Bavariya» tajovuzkor markaziy himoyaçini oldi, endi u jamoaning töpsiz öyiniga moslaşişi kerak. Uning dadil ötişlari esa foydali böladi. De Ligtning pozitsiyadagi öyini savollar tuğdiradi, ammo diagonal paslari hujum mexanizmiga mos keladi, şu tufayli, ösiş uçun imkoniyat bor. Xullas, futbolçi, murabbiy va jamoa uçun qiziqarli vazifa.