Boş prokuratura matbuot kotibining xabar berişiça, 2022 yil 18 iyul kuni Urgut tumanidagi töyxonalarning birida bölib ötgan marosimda mehmon sifatida qatnaşgan 56 yoşli ayol 19 iyul kuni “Ötkir ovqat toksikoinfeksiyasi” taşxisi bilan şifoxonaga murojaat qilgan.
Bemor ayolga tez tibbiy yordam körsatiş bilan bir vaqtda yuqumli kasalliklar bölimi patronaj xizmati tomonidan uşbu ayol bilan töy marosimida iştirok etgan bir neçta fuqaroning xonadoniga borilgan va ular yuqumli kasalliklar bölimiga taklif qilinib, tekşirişdan ötkazilgan.
Tekşiriş vaqtida ular içida yana 10 nafar (9 nafari ayol, 1 nafari erkak) fuqaroda “Yengil ovqat toksikoinfeksiyasi” taşxisi borligi aniqlangan.
Körsatilgan tez tibbiy yordam natijasida ularning soğliği töliq yaxşilangan va 20 iyul kuni uylariga javob berilgan.
Hozirda şifoxonada faqatgina dastlab murojaat qilgan bemor ayolga tibbiy yordam körsatib kelinmoqda va uning ham soğliği yaxşilanib kelayotgani aniqlangan.
“Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu holatda 200 ga yaqin odam zaharlangani haqidagi xabar haqiqatga töğri kelmasligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Urgut tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.












